Ilm va ziyo > She'riyat

Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.

<< < (2/7) > >>

Muhammad Amin:
Beshak biling bu dunyo, barcha eldan o’taro
Inonmag’il moling’a, bir kun qo’ldan ketaro
Ota-ona-qarindosh, qayon ketdi fikr qil
To’rt oyog’liq cho’bin ot bir kun sanga etaro

Dunyo uchun g’am ema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini ema, sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh, hech kim bo’lmaydir yo’ldosh,
Mardona bo’l g’arib bosh, umring eldek o’taro.

Qul Xoja Ahmad toat qil, umring bilmam necha yil
Asling bilsang, obi gil, yana gilga ketaro.

Muhammad Amin:
Eranlar jamol ko’rar darveshlar suhbatinda,
Yoronlar majlisinda, nur yog’ar suhbatinda
Ha tilasa ul bo’lur darveshlar suhbatinda   
Har sirlar zohir bo’lur darveshlar suhbatinda
Har kim suhbatg’a keldi, erandin ulush oldi
Bot keldi, bilish bo’ldi darveshlar suhbatinda
Har kim suhbatg’a keldi, ko’ngliga ma’no to’ldi,
Ashoblar murod topdi darveshlar suhbatinda"¦
Kibru hasadlar o’lar, ichida ma’no to’lar
Ko’z ochib haqni ko’rar darveshlar suhbatinda
Rasulga vahiy keldi, boshindan tojin oldi,
Ko’pdi xodimlik qildi, darveshlar suhbatinda
Qul Xoja Ahmad suhbatda, dam urar munojotda,
Zihi xush saodatda darveshlar suhbatinda.

Muhammad Amin:
Oshiq ermas jononaga jon bermasa,
Dehqon ermas ketmon chopib non bermasa,
Munda yig’lab oxiratda jon bermasa,
Yo’lda qolg’on bo’yi xudo olg’oni yo’q.

Ey bexabar, ishq ahlidin bayon so’rma,
Dard istagil, ishq dardiga darmon so’rma,
Oshiq bo’lsang, zohidlardan nishon so’rma,
Bu yo’llarda oshiq o’lsa tovoni yo’q.

Zohid bo’lma, obid bo’lma, oshiq bo’lg’il,
Mehnat tortib ishq yo’lida sodiq bo’lg’il, 
Nafsni tepib dargohig’a loyiq bo’lg’il,
Ishqsizlarning ham joni yo’q, iymoni yo’q.

Muhammad Amin:
Olloh yodi ko’ngillarni ravshan qilg’on,
Oshiqlarg’a xudo o’zi va’da qilg’on,
Ishq nasimi Mustofog’a tuhfa qilg’on,
Ul sababdan ko’z yoshimni guvoh qildim.

Olloh aytur oshiqlarim Buroq-suvor,
Haq zikrini aytganlarga rahmat yog’ar,
Ko’p yig’log’on diydorimni beshak ko’rar,
Ro’zi Mahshar diydorimni ato qildim.

Vada qildi oshiqlarg’a yoz ming Buroq,
Olam xalqi malomati anga yiroq.
Bu olamdin el ko’ziga yongan chiroq,
Uqbo ichra yuz ming ko’shklar bino qildim.

Muhammad Amin:
G’ariblikda g’arib bo’lgan g’riblar
G’ariblar holini bilgan g’ariblar
Sabab birlan yiroq erga boribon
Qarindosh qadrini bilgan g’ariblar
Suvsaganda suvga muhtoj bo’lg’on
Tirikda zor o’lub, o’lgan g’ariblar
Kishi bilmas g’ariblar holi nedur
Kim ul beqadr, ular miskin g’ariblar
Kel emdi Ahmado, o’zingga boqg’il
G’arib san, san, g’arib miskin, g’ariblar.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version