_______BEMA'NI HIKOYA Ⅱ_______
____(Qisqa sujetli doston)____
Esingizda bo'lsa, bir necha oy avval "BEMA'NΙ HΙΚΟΥΑ" nomli hikoya yozgandim. Yana bir voqea bo'ldiki, "BEMA'NΙ HΙΚΟΥΑ ΙΙ" nomli hikoya yozishga qaror qildim va bu qarorimni ko'pchilikka aytgandim ham. Kimningdir ko'nglini og'ritib qo'ymay, deya, bu fikrimdan qaytdim. Yana bir sabab bo'ldi-yu, shu qarorimni qat'iy ushladim! Andisha sabab yana bu bema'ni fikrdan qaytdim va jahlimni jilovlay olmay, ham nasrda, ham nazmda ushbuni ifoda etmoqchi bo'ldim. Ayrim narsalarni tashlab ketaman, chunki menda ham odamgarchilik degan narsa bor!..
Xullas, boshlay hikoyamni,
Xohlang, o'qing - xohlamang, yo'q,
Xohlang, ko'zni yumib o'qing,
Xohlang, ko'zlarni qilib lo'q!..
Yurar edim men "odno"da,
She'riy "status"lar o'qib,
E'tiborimni tortdi bir
"Profilcha", qoldi "yoqib!"
"Nick"ida-chi, "shoir" yozgan,
"Status"da o'zin der "sher",
Yozganlari - "qofiya"dir,
Ularni-chi, deyishgan "she'r!"
"Lichka"siga yozib ko'rdim,
Bilmoq uchun xarakterin,
U "aqlli" aytib qoldi
Dilidagi barcha sirin!..
O'qib uning yozganlarin,
Asabim deb yubordi "Dod!"
U bolaning aytishicha,
Noyob - undagi iste'dod!..
Yozgan "she'r"larini (agar ularni she'r deb bo'lsa) ko'rdim, sodda qofiyalardan iborat. Asosan yetti bo'g'inli barmoq vaznida yozgan. Yana-da aniqroq aytsam, Ahad Qayumga juda-juda taqlid qilishi yaqqol ko'rinib turadi. Nuqul o'zining dardini yozgan. Shunday bo'lsa ham sal chiroyliroq qilib ifodalasa, iboralardan qo'llasa, falsafiy yondashib qalam tebratsa, chiroyli she'rlar bitgan bo'lardi. Birorta ham hazil yoki sho'xroq narsa yozmagan. Tushunganroq odamning ensasini qotiradigan "she'r" va aforizm nuqul!.. Oddiyroq tushuntirsam:
Botinkamni ipi yo'q,
Ovqatimni tuzi yo'q,
Kaminani qizi yo'q
E voh shuyam hayotmi!!? - deganday, shu kabi she'rlar... O'ylamang, bu uning ijod namunasi emas, misol tariqasida yozdim buni! Unikidan tuzukroq bu!!!
Har ikki gapning birida o'zidagi iste'dod har kimga ham berilavermasligi, noyob iqtidor sohibi ekani va hayotda ko'plab qiyinchilik ko'rgani, oilaviy sharoitini ipidan ignasigacha aytib berdi... Oilaviy muammolar!.. Ammo odamgarchilik sabab dardi nima ekanini YOZ-MAY-MAN!!!
Men:
- Ayting, qani, siz uchun kim
Ιdeal shaxs, shoir - odam,
Qaysi shoirga muxlissiz,
Menimcha, bu - Ahad Qayum??!
U:
- NAVOΙYGA MUXLΙSDURMAN,
Qiziqqanim - faqat udir,
Navoiydek bitta misra
Yozmoq - orzuyim-chi, shudir!..
Suhbatimiz tunda edi,
Telefonga qarab yotdim;
Uning bunday javobidan
Hayron qoldim va tosh qotdim!
Hayron qolishim tabiiy: chunki odam o'zi ixlos qilgan - muxlislik qilayotgan odamga taqlid qiladi. Bu yigitcha esa Ahad Qayumning "ikkinchi pozitsiyasi" edi... Qanaqasiga Navoiyning muxlisi A. Qayumga taqlid qiladi? Shu savol butun vujudimni qamrab oldi va har xil yomon xayollar miyamni egalladi. Bu noqulaylikni ketkazish uchun, uning haqiqatda kimga muxlis ekanini aniqlash uchun so'z qotdim:
Men:
-"Orazin yopg'och ko'zimdin
Sochilur har lahza yosh"
Tinish belgi qo'yib bering,
Ukaginam, qotmoqda bosh!??
U:
- Yoshlikda ko'p qiynalganman,
Aka, xotiram sal chatoq!..
Navoiyni zo'r bilaman,
Lek tashvishlar qilgan pachoq.
Ensam qotdi: Hazrat Navoiyning bu misralarini bilmagan odamni o'zbeklar safidan chiqarish kerak!!! Unga xotira tashvishga bog'liqmasligi, qiziqqan narsasiga e'tiborli bo'lish kerakligi, boshqa narsalarga e'tibor qaratish shartmasligini tushuntirdim, "AKA BO'LΙB" va boyagi misralarni aytib, yodlab olishini aytdim:
Orazin yopg'och, ko'zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'och quyosh!
Xullas, u bilan suhbatim maroqli o'tmadi, asablarim buzilgani qoldi! Afsus!.. Maqtangani maqtangan! Eplasa, maqtasin "maqtashga arzigulik noyob iste'dod"ini!!! O'ylagandimki, bir ikkita kitob chiqarib qo'ygan, ancha bilimga ega, deb. Uning "ijodi"ni kuzatib bildimki, hatto imloviy savodxonligi ham "0"ga teng! Ya'ni el qatori, asosan "h" va "x"ning farqiga bormaydi, tinish belgilari(vergul, ikki nuqta, tire, chiziqcha, nuqtali vergul)ni joyiga qo'yolmaydi! Hatto undov va so'roqni ham joyiga qo'yib ishlata olmaydi! Tutuq belgisini ham umuman kerak bo'lmaydigan joylarga qo'yadimi-ye-e-ey!!? Xullas, orfografiya, punktuatsiya, sintaksisdan umuman xabari yo'q!
Voqealar shiddati endi boshlanadi!
***
Shunday qilib, uni kuzata boshladim negadir!!? Balki ilhom kelgani shudir??!
***
Kuzatishimcha, lotin alifbosida yozilgan "status"lardan ko'ra kirill alifbosida yozilgan "status"lar ko'proq o'qiladi va bir necha marta ko'proq "klass to'playdi!" Chunki internet foydalanuvchilari faqat yoshlar emas, yoshi kattalar ham talaygina! Ular lotin alifbosini o'qishga erinishadi yoki qiynalishadi. Chunki kirill alifbosida savod chiqarishgan, yoshlar esa lotinchada xayollariga kelgan bo'lar-bo'lmas gapni yozaveradi, ular buni biladi va kirillchada yozilgan "status"ni, albatta, o'qib ko'radilar va "klass" bosib ketishadi, yoqsa! Sizga aytsam, haligi yigitcha ham kirill alifbosida "ijod" qila boshladi. Ko'proq "klass" yig'iladi-da! Kuzatishim u yigitcha "klass gadosi" ekanini isbotladi: uning bir "she'r"ini o'qidim. Tagida fikr bildirishgan, ya'ni "zo'r, gap yo'q, ofarin" kabi so'zlar bilan paxta qo'yishg... E-e-e, uzr, uzr! Maqtashgan demoqchi edim! Boyagi maqtovga bizning "shoiri zamon"imiz "klass tepgan!" She'rda esa ma'no va chiroyli so'zlardan boshqa hamma narsa mujassam edi! Ayniqsa, qofiya g'ij-g'ij!!! "Dardli she'r!" Men ham uni qayta-qayta o'qidim va hech narsa topa olmagach, saviyasi past ekanini, muallif o'z ustida hali ancha ishlashi kerakligini aytdim! Ammo bu gapim javobsiz qoldi! Umuman olganda, javobsiz qolmadi, javoban yozgan sharhim o'chirib tashlandi. Kuzatsam ahvol shunaqa ekan: maqtashsa, mukofotiga "klass", tanqid qilishsa, mukofotiga "X"...загрузка..."удалить"... Ιndamadim. SMSlashishda yana davom etayotgandik bu paytda. Yigitning dardini o'qish bilan ovora edim: "Akajon, kimgadir dardimni aytmasam, portlab ketaman. Men "prikolni" yoza olmayman, hayot meni ezib qo'ygan, yoshligimdan ishlaganman, "falon-falon" narsalar sababli. (falon-falon - aytmaslikka qaror qilingan gaplar) Lekin iste'dodim sababli she'r yozaman va bundan orom olaman". (Uning gaplari kuchli tahrir qilindi!) Kamina esa unga javoban nima deyishini bilmadi, ko'ngil uchun maqtayman desam, maqtashga so'z qoldirmadi: o'zini rosa maqtadi! Unga omad tiladim va yana kuzatdim. Bir kuni yangi ijod namunasini ko'rdim, aforizm yozgan. Uzunroq aforizmlarning ikkitasidan iqtibos olgan: birining boshidan, birining oxiridan, orasiga esa o'zidan bitta gap suqib qo'ygan va pastidan "Falonchi Chulonchiy" deb, ismini qo'ygan. Aksiga olib, o'sha aforizmlar kimga tegishli ekanini eslay olmadim, afsus!!! Qaysidir kitob hoshiyasida yoki gazetada o'qigandim. Aksiga olib GOOGLE ham topib berolmadi-da e!.. Fikrlar o'xshash bo'lishi mumkin... Bu narsa o'zimning ham boshimdan o'tgan: bir o'qituvchimizni tasvirlab kichkinacha hikoya yozdim. Buni boshqa ustoz va sinfdoshlarimga ko'rsatdim. Hammalari kaminani gap o'g'risiga chiqarishdi! Ιndamadim, ular aniqlik kiritish uchun ma'lum muddatdan so'ng bir kitob ko'rsatishdi. Haqiqatdan ham o'xshash narsa edi! Lekin shaklan emas, mazmunan bir xil edi! Haligi, yozgan narsamdan esa voz kechdim!!! Bu yigitda esa rosa bir xillik edi-da! Agar gapimga oqilona, chiroyli muomala qilganida shu narsani aytib bermoqchi edim... Aksiga olib, dalilni topolmayotgandim!.. E bor-e, dedim-u, shartta borib izoh qoldirdim, bu fikrlar muallifi boshqa ekani haqida! "Sukunat" nomli javob oldim. "Paxtakor"larning fikrlari esa "klass" va tashakkurlar bilan siylandi... "Lichka"siga bu haqda aytsam, tutab ketdi va odati bo'yicha, tanqid - qoldirgan sharhimni "fisht qildi!" Bir narsalar deb, ham sensirab, ham diniy gapirardi, ya'ni o'zicha tanbeh berdi. Ιt ham bo'ldim, boshqa narsa ham bo'ldim u uchun... Unga xo'p deb, sizlashda davom etardim! Qani edi, bir mavzuda turib tortishsa!.. Oq desam, qora deydi, qora desam, oq deydi... Mijg'ovlanib ketdi juda.
Bir "STATUS" yozgandim, adabiyot vakilidan eshitgandim va manba'sigacha yozib qo'ygandim. Shuning "koment"iga kelib, "shuyam ijodmi, bema'ni narsa, mazmunsiz gap! O'zing ham, yozganlaring ham bir tiyinga qimmat!", deb yozib tashladi. Bir opaxonim unga xushmuomalalik haqida gapirsalar, "siz buni muxlisimisiz?" deydi. Menda muxlis nima qilsin, bo'tam!?? O'sha payt bor yo'g'i... Keling, she'r o'qing, yaxshisi, shu haqida!
Men - sen kabi "shoir"masman!
Menda nima qilsin muxlis?!
Biror kitobni hech to'liq
O'qiganmisan, ey, iblis???
Ko'rsatgandim men manba'ni,
Bilim bo'lsa, bilar eding!
Hatto to'g'ri yozolmaysan,
Katta ketib nima deding?!!
Mening daraja, "narx"imni
Berar yolg'iz xudo va xalq,
Sensiramay, go'zal so'zla,
Bo'lsang mendan ustun va haq!
Uning "druzya"lari besh yuzdan ko'p, menda esa o'sha payt 10 tagina edi...
Men seni tanqid qilganda,
Nima qildi besh yuz do'sting?
Besh yuz "paxtakor"-soxtadir,
Bitarmidi kam-u ko'sting?!
Besh yuzta soxta do'stingdan
Mening o'nta do'stim afzal,
Besh yuz "paxtakor" eplolmas
Ιshni bular qiladi hal!!!
***
Ha, shoirman, zo'rman deysan,
Gar zo'r bo'lsang, sal pastroq tush!
Chin shoirning manmanligi
Hech kimsaga kelmaydi xush!
Shoirlikning shartlari bor:
Bo'lsin taqvo, dini - islom,
Bo'lmoq kerak tavozeli,
Burning, bo'ying bo'lmasin tom!..
Bilmoq kerak din tarixin,
Ona tili-adabiyot,
Keyin kerak yaxshi ustoz,
Gar bo'lmasa, dam olib yot!
Shoirlikka da'vogarning
Qur'ondan ham bo'lsin ilmi,
Shoir bo'lish uchun faqat
Keragi besh qarich tilmi?!!
Musulmonligingni aytib,
Maqtaganing: namoz, ro'zang.
Atrofga ham bir qarab qo'y:
Mo'min - bitta senmi o'zing???
***
Smslashsak, nuqul pand-nasihat qilaman deydi, o'zicha. O'zidan kamchilik qidirish umuman yo'q. Endi o'n sakkiz yoshga qadam qo'ygan o'zi... Bu yoshda odam qiziqqon bo'ladi, o'zini juda aqlli, bekam, komil inson deb o'ylaydi. Biz ham bu yoshdan to'rt yil ilgari o'tganmiz, o'zimizdan kichiklarga xatolarimizni takrorlamasliklarini tushuntirgimiz keladi, tushuntiramiz, ularga gaplarimiz yoqmaydi, bir paytlar bizga o'zimizdan uch-to'rt yosh katta aka-opalarning gaplari yoqmagani kabi...
***
Yuqoriroqda, uning kirillchada yozayotganini aytgandim. Lotincha va kirill alifbosida punktuatsiya biroz farq qiladi. Lotinchada-ku, umuman bilmaydi, kirillchada umuman!.. "E" bilan "Ye"ni farqlayolmaydi. Bitta "she'r" yozgan: "Yendi meni yeslama", - deb... Zo'r-a? Keling uning yozishi bo'yicha bir-ikkita gap aytaylik-chi: "Yelmurod Ye'zozaxonning akasi". "Yeshkak yeshish bo'yicha musobaqa". "Yekranda tabiat jonlandi". Rostdan ham ajoyib!!? Gap talashib yotibmiz, u smsda ham kirillchada yozayapti, kirillcha yozishga rosa qiynalib ketdi, bechora... Murojaat qilishi ham zo'r: "Yerkak yemassan, yerkak bo'lganingda, menga bunchalik yopishib olmasding, ijodimni tanqid qilmasding! Yerkak nomi hayf senga! Haqiqiy yerkak boshqalarni yeshitib, uni yutish kerak, he yerkak! Men seni odam deb dardimni aytgandim! Odam yemas yekansan!" Besh yuzta do'stining orasidan odam chiqmaptimi?!! "Druzya"sida yo'q odamga dard-u hol qilsin deb, kim aytdi unga!!? Nega yopishib oldingmish! Yopishib olgan kim, ham g'arlik, ham peshkillik! Shunga o'xshash gaplar-da!.. Yana o'zicha qofiyalashtirib gapiradi. Qaniydi, yoqsa!.. Odam kim bilandir ziddiyatga borsa, raqibi hatto Qur'onni qoyillatib o'qisa ham yoqmaydi! Endi adolat bilan ayting-chi, o'sha bema'ni qofiyali gaplari yoqadimi menga? Shu qofiyalariga qoyil qolishim kerak va unga siz zo'rsiz deyishim kerak-da-a?!! Yozmay desam, qo'ymaydi. Yozsam, asab buziladi: gaplashadigan gap yo'q aslida! Gaplarim orasidan bitta so'zni ushlab, o'sha so'z bo'yicha gapni aylantirib, ezmalanib, qofiyalar to'qib... Asabimni buzib tashladi-da e!!! Qancha indamasam, shuncha boshga chiqadi. Kunlardan bir kun nima deydi deng - "Kuniga 50 talab sms keladi menga, nega siz yozmaysiz?"mish! Nimaga unga xabar yozishim kerak, nima deb yozaman, xushomad qilishim kerakmi? Xabar yozaman, hayotimda ahamiyati bor, kerakli odamlarga! Bir payt yana gapni namozga taqab, qori akalari aytgan gaplarni maqtab ketdi. Uni shu holatda ko'rgan odam ja taqvodor, bilimdon yigit degan noto'g'ri, xato fikrga ketib qoladi-da, bilimini sinay dedim va tahoratda nechta farz borligini so'radim. Bir payt jimib qolsa deng! Nihoyat, kelib javob berdi. Yozganlarida imloviy xato yo'qligiga qaraganda, yo biror saytdan ko'chirib kelgan, yo kimdandir so'ragan - u sms qilib jo'natgan, shuni ko'chirib, kaminaga ko'rsatgan! Lekin javob xato edi! U oltita dedi, aslida to'rtta! Yana bir-ikki savol berdim, holat shu! Ko'chirib keldi, shekilli!.. Qori akam aytgan deb turib olgan. Mayli deb, indamadim... Nima ham dey, u aytgan qori akasining, imomining, u bilgan din olimlarining sardori - bizning Qori aka bo'ladilar!!! Shuni aytsam, Namanganlik-dasan, pastsan, yerkak yemassan dedi yana... Shoir - madaniyat xodimi! Madaniyat xodimi shunaqa odam ajratadimi? Yana o'z millati vakillarini ayir-qayir qilyapti-ya!?? E, suf, sendaqa shoirga! Birinchidan, Samarqandlikman, ikkinchidan, Namanganliklarga nima qilgan? Uchinchidan, irqchilikda ayblash mumkin seni, "aqlli!" Qo'rqoqsan dedi, boshqa dedi... O'zi qilgan ishi menga aytilgan "e'tirof"ga mos edi juda ham: aytdim-ku, "STS"imga kelib tortishdi, deb. O'sha yozgan gaplarini barini o'chiribdi. Yana nimamish, isbotsiz gapirmasmishman! To'g'ri, xotiram pand berdi, xato qildim, tan olaman, tan oldim o'ziga ham. Endi qisib ketmaydimi-a?!! Shu payt, nega yozgan gaplarimi o'chirganini so'radim. Uyalganmish "shoiri zamon", "ulamoyi sharif!" Kim qo'rqoq??? Uyalmaslik uchun, isbotsiz gapirmaslik kerak degan gapi kabi, o'ylab gapirish kerak! Unga chin do'st haqida aytdim, ya'ni besh yuz paxtako... E-e-e! Uzr!!! Do'sti! DO'-O'-O'S-TΙ-Ι-Ι!!! Besh yuz do'sti unga yon bosmaganini aytsam, hasadgo'ylikda ayblab o'tirsa deng!!! "Druzyalaring kam, meniki ko'p, klasslarim ham ko'p, shunga hasad qilasan, hasadgo'y, razilsan", - deydi! Tavba! O'nta yirtiq shimdan bitta butun mayka yaxshimasmi?!! Klasslarini boshimga uramanmi, qorin to'ydirardimi? Ha, aytgancha, men haqimda "STS" yozdi:
Хаёт гу'зал ва инсон учун бир мартагина бериладигон неъмат. Уни к,адрига етмок, хар-бир му'мин киши учун фарз. Хаётнинг безаги ижод. Ижодкорнинг безаги ширин су'з ширин су'знинг егаси мухлис лекн мен ширин су'зга арзимайдиган бир мухлисга ру'баро бу'лдимки у мени у'г'рига чик,арди айтингчи мен у'г'риманми?
Bunga ham paxta qo'yishdi: Uni o'zi o'g'ri, hi-ha-ha, hi-hu-hu! Muxlismishman unga! E pfu-u-u! Tuf! Yarashish uchun hurmatli bir shaxsga murojaat qilgandim, mushoira tashkillashtirib bering, deb. Yigitcha chaqqonlik qilib, "kel qo'rqoq, mushoira bo'lsa, mushoira-da", - deb, "STS" ochdi. Agar borsam, tarozining adolatsizlik pallasi og'ir kelishi aniq: u tarafda besh yuz paxtakor bor! Bizda esa o'nta chin do'st! Shuning uchun boshqa joyda mushoira qilsak, adolatli bo'lardi!..
***
Suhbatlashdik: tortishyabmiz,
Tortishdik to tun-kechgacha,
Tugamaydi hech gapimiz,
Qolib kettik he-e-e uchgacha.
Bildimki, u bola aqliy mehnat bilan umuman shug'ullanmaydi, kitob o'qimaydi umuman! Shuning uchun yarim kechagacha internetda sang'iydi. Aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan odam boshini yostiqqa qo'yganidan uxlab qoladi. Bu hammaga ma'lum. Har kuni darslarim bor, yuz varaqlab kitob o'qishim, bir necha varaq narsa yodlashim kerak. Boshqa ishlarim ham bor. Kechqurun soat 21:00dan keyin ko'z ochib o'tirishim qiyin. "Odnoobod"ga ham shu paytdan so'ng uncha kirmayman, bu hammaga ma'lum... U bola to tong sahargacha o'tirarkan-da!
Suhbatlashdik, soat yurar,
Bilinmaydi: kech bo'lgani,
Ko'zim tinib, boshim og'rib,
Asablarimning o'lgani...
- Endi uxlang, uka, - dedim, -
Erta ishga kerak-ku kuch!!?
Xayrli tun, yaxshi uxlang,
Qarang, soat bo'ldi-da uch!..
Nima emish, "shoir zamon"
Uxlamasmish namoz payti,
Hayron qoldim, bu bolaning
Oshib qolmadimi kayfi!??
Namoz bo'lsa - namoz o'qi,
Tafakkuring shuncha tormi,
Taqvong kuchli - namoz payti
Ιnternetda balo bormi?!!
Nafl namoz payti uxlamaydigan odam internetdan chiqmaydi! Zo'r-a? Bir payt sport bilan shug'ullanishini aytib qoldi. Bir paytlar sport zalga mashg'ulotga borgani, sharoiti sabab bora olmay qolgani, hozirda o'zi uyda shug'ullanishini aytib, rasmlarini maqtadi. Qotmadan kelgan odam ham sport bilan rostdan shug'ullansa, muskullari biroz bo'lsa-da, bilinishi kerak. U quruq suyak va teridan iborat! Shug'ullanishi mumkin badiiy gimnastika bilan... Kurashchi emish! Qo'rqishim kerakmi, ta'zim qilishim kerakmi endi!?? Ukaginam, "oliftayi Turandot", agar qo'limga tushib qolsangiz, Surxondaryo qo'ylari qumalog'iga to'yasiz, xo'pmi!!? Sportda ham, fanda ham, dinda ham, mehnatda ham sizdan yuz barobar ustunman! Siz-u bizdan yuz-ming barobar ustunlar ham talaygina! "Vatan tuyg'usi" kitobidan "O'zlikni anglash" degan mavzuni topib o'qing! "O'qituvchilik qilmang, menga aql bo'lolmaysiz, degan gaplaringiz ketmaydi", uka, odam har kimning gaplaridan foydalilarini topa bilish kerak, xoh yaxshi - xoh yomon odam bo'lsin! Goh ustun kelaman deb, karillab, goh pasayib "oilaviy sharoit" sabab u-bu narsaga erisholmaganini aytib... E bor-e-e-e!!!
Shunday qilib, toza sabr kosam to'ldi uning diydiyolari-yu, kibri, manmanligi, oilaviy muammolari, iste'dodi, va h.k.
Nimalardir yodimdan ko'tarildi, fikri ojizimcha...
Xullas, o'zligini anglolmagan odam bilan tortishib o'tirmang. Miyasi zaharlangan uni, kechasi bavl qilmay uxlasa kerak - zahar-ku u!!? Zahar tanani qoplab, miyagacha borgan!.. Keyin o'zini komil inson deb sanay boshlagan! Zaharlangan miyaning ahvoli shu-da...
Ιkki-uch oyda ermak qilib yozdim... Siz bunaqa bema'ni ishga qo'l urmang!
"G'. Zahar-qandiy"