Izoh:Ko'z nurining kamayishi ish va o'qish jarayonida jiddiy hoqulayliklarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda hisobchilar, menejerlar, talabayu o'quvchilar, hullas, kim kompyuter qarshisida ikki soatdan ortiq o'tirsa, bachasi ko'zidan shikoyat qiladi.
Organizm shunday tuzilganki, agar taomnomangiz me'yorida bo'lsa, ovqat hazm qilish tizimi va qon aylanishi joyida bo'lsa, demak, ko'zlarimiz ham kerakli vitaminlar va mikroelementlar bilan ta'minlangan bo'ladi. Hamma gap to'g'ri ovaqatlanishda.
Hozir man sizlarga ko'z nurini kamayishini oladigan bir nechta foydali maslahatlar beraman:
Asosiy vitaminlar
Agar siz oziq-ovqatlardan A vitaminini yetarli miqdorda olmas ekansiz, demak, ko'z nuringiz kamayib boraveradi. Bu to'nnalab sabzi yeyish kerak degani emas. Ko'z nurini me'yorda ushlab turish uchun kunda o'rtacha kattalikdagi sabzini pishloq bilan yeyish yoki yarim stakan sabzi sharbati ichish kifoya. Lekin A vitaminini singdirish uchun ham yog' zarur. Demak, sabzili salatlarga o'simlik moyi, smetana yoki qaymoq qo'shish zarur.
-Ko'z nurini asrash uchun kerak bo'lgan mikroelementlar safiga akliy ham kiradi. Qon aylanish tizimi ham shu vitaminga bog'liq. Bu muhim element olma, apelsin, banan tarvuz, quruq mevalar va kartoshka tarkibida mo'l bo'ladi.
-Черника ko'z nurini ravshan qilishi, charchog'ini kamaytirishi qorong'ida ham ko'rishni yaxshilashini bilasizmi? Bugungi kunga kelib olimlar черника ko'z to'r pardasini yanglilashini hamda uzoqni ko'rolmaslikni ham davolashini aniqlashdi.
Kompyuter"¦Monitordan taralayotgan nur ko'zni "o'qqa tutadi" va ko'zning toliqishi hatto bosh og'rig'iga ham olib keladi. Ko'zning achishishi, huddi qum tikilgandek hissiyot uyg'onishi, qizarishi , tez charchash, bo'yinda og'riq turishi kompyuter sindromi alomatlari hisoblanadi. Agar o'zingizda shu alomatlarni sezsangiz, darxol okulist-shifokorga murojat qiling. Kompyuter sindromining oldini olish uchun ba'zi qoidalarga rioya qilish lozim
-Kompyuterda ishlashni chegaralang- bir kunda 4 soatdan ko'p o'tirmang.
-Har 30-45 daqiqada 5 daqiqadan dam oling.
-Monitorni shunday o'rnatingki, ekranga nur tushmasin.
-Mahsus ko'zoynaklardan foydalaning.
Aziz forumdoshlar ko'z nurini kamaytirish uchun manda juda ko'p maslahatlar bor. lekin bularni hammasini yozsam sizlar o'qishga erinib qolasizlar. Bu mavzudagi maslahatlarni keyingi yangiliklarda albatta kiritaman.
Sabr bilan o'qiganingiz uchun katta rahmat.
sog'lig'imizni saqlash o'z qo'limizda. Uni barchamiz birdek asraylik