Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)
(http://www.ziyouz.com/images/books/buri.jpg) (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=30)
Muallif: Edith Shrayber Vike
Hajmi: 127 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
(http://www.ziyouz.com/components/com_remository/images/download_trans.gif) Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=30)
Online o'qish (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=351.0)
(http://www.ziyouz.com/rasmlar/literature/buri.jpg)
ANTON BO‘RINI UCHRATGAN KECHA
— Yur mushugim, - dedi Anton mushugiga, - tomning tagida nimalar borligini ko‘rib tushamiz.
Mushuk cho‘zilib qaddini rostladi va huzur qilib esnagan holda, bu kichik sayrga xohishi yo‘q emasligini bildirganday bo‘ldi. Anton tepadagi latta-puttalar va eski mebellar orasida qolib ketgan bahaybat, sirli yog‘och sandiqni ko‘pdan beri ochib ko‘rmoqchi bo‘lib yurgandi. Biroq bu ishi onasiga ma’qul bo‘lmasligi mumkinligidan xavotirlanardi. Shuning uchun unga bu haqda og‘iz ochmasdi. Tom tagiga chiqiladigan burama shakldagi yog‘och zinalar qadam bosilgani sayin g‘ichirlardi. Mushuk qiziqsinib iskalandi. Sichqonlarning hidi kelib qolishiga umid qilganday Anton ko‘zlari yarim qorong‘ilikga o‘rganguniga qadar kutib turdi-da, sinchkovlik bilan atrofga qaradi. Ko‘p o‘rgimchak to‘rlari, qovjiragan gullar va giyohlar vassalardan osilib turardi. Bu yerda bir temir stol bilan ustidagi marmariga darz ketgan mis stolcha bor edi.
"œO‘sha sandiq ham shu yerda bo‘lishi kerak", — pichirladi Anton va orqaga tisarildi. Oromi buzilgan bir ko‘rshapalak uxlash uchun o‘ziga boshqa joy qidirishga tushdi. Bundan g‘ashi kelgan mushuk xirilladi. Uchadigan jonivorni tutish, uning uchun oson emas edi-da. Nihoyat, Anton ko‘z ilg‘amas burchakda turgan sandiqni topdi. Qiyinchilik bilan uning og‘ir qopqog‘ini ko‘tardi. Undan qovjiragan gullarnikiga o‘xshash antiqa bo‘y taraldi. U yoqimsiz bo‘lmasa-da, Antonning nafas olishini qiyinlashtirdi.
"œZamonga sayohat qildingmi?" - so‘radi soatsoz vahimaga tushib.
"œOzgina, xolos, - tinchlantirdi Anton. — Endi hech qachon unday qilmayman: hech qachon. Ochig‘ini aytsam, bu narsadan qutulayotganimdan o‘zim ham juda xursandman".
"œBu safar men uni olib ketaman, - dedi soatsoz. - Ammo buning evaziga senga esdalik uchun bir narsa bermoqchiman". U ko‘p qutilarning ichini titkilab, nihoyat izlagan narsasini topganday bo‘ldi.
"œAjdodlarimdan biri olim va tabib bo‘lgan. Shunisi hayratlanarli-ki, o‘shanda ular uni jodugarlikda ayblamaganlar. Mana bu narsa unga tegishli, endi esa seniki bo‘ladi. U Antonga oq billurni uzatdi. Antonning barmoqlari muzdek sirt va burchaklar ustida yopildi. U undan o‘ziga qandaydir g‘ayritabiiy quvvat o‘tayotganini his qildi.
Anton hecham ikkilanmadi: bu o‘sha billur edi.
Nemis tilidan Odiljon Safarov tarjimasi.
© Copyright Odiljon Safarov
http://www.ziyouz.com