Istirohat bog‘iga kiraverishda, u Telramundni qo‘yib yubordi.
Istirohat bog‘i it zoti uchun sirli voqealar makoni ekan. Telramund shosha — pisha daraxtlarni, toshlarni, kurtaklarni hidlab chiqdi. Ahyon-ahyonda oyog‘ini ko‘tarib mavjud voqeliklarga ayrim qo‘shimchalar ham kiritib qo‘ydi.To‘satdan u tikilib qoldi. Istirohat bog‘idagi o‘rindiqda o‘tirgan bir keksa ayol kabutarlarni oziqlantirayotgandi. "œTelramund!"— chaqirdi Anton. Biroq endi uni to‘xtatib bo‘lmasdi. U qattiq vovillab, o‘zini shosha-pisha yemish cho‘qiyotgan to‘daning o‘rtasiga tashlandi. Kabutarlar bir-birlariga urulishib, uchib ketishdi, bir bolakay chinqirib yubordi, keksa ayol esa ovozi boricha javrab qoldi.
Telramund qilgan ishidan mamnunday edi. U nariroqqa chopib borib lola jo‘yagini qaza boshladi. Yer nam va yumshoq edi, so‘nggi paytlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgandi. Bir uzun tukli itni sirtmoqlab olgan ayol Antonning yonida to‘xtadi.
"œBuning zoti qanaqa?" — so‘radi u.
"œKo‘proq taksa (oyoqlari kalta, gavdasi uzun it), ozroq spaniel (ovchi itning bir turi), ozgina mittibashara", — dedi Anton barmoqda hisoblagan holda. — Siznikining-chi?"
"œSof afg‘on zot", — javob berdi ayol.