21 — Sening ahlingdan e`mas
"œNuh robbisiga nido qilib: "œO`g`lim mening ahlim (oilam) dan, Sening va`dang haqdir va sen eng adolatli hukm qiluvchisan"- dedi".
Lekin, Alloh nasablarga e`mas, amallarga qaraydi.
Alloh mushriklar uchun qilingan shafoatni qabul qilmaydi.
Mushrik, garchi o`g`li bo`lsada, payg`ambarning ahlidan bo`la olmas.
Alloh ta`olo Nuhni bunga ogohlantirib dedi: "œEy Nuh, u sening ahlingdan e`mas! Albatta u (ning qilgan amali-kufr yo'lini tutgani) yomon amaldir. Bas, o'zing bilmagan narsa haqida aslo Mendan so`rama! Men senga johil-nodonlardan bo`lmaslikni buyuraman".
Nuh ogohlandi va Allohga tavba qilib, dedi:
"œRobbim, men sendan bilmagan narsamni so`rashdan panoh so`rayman. Agar meni kechirmasang va rahm qlmasang, men ziyonkrlardan bo`laman".