Wednesday 05/26/2004 11:29:35am
Ismi sharifingiz: Hilola Akbarova
Mamlakat/shahringiz: Qirg`iziston, O`sh
E-mailingiz:
[email protected]Web sahifangiz:
Fikr-mulohazalaringiz: Web-sahifangizni qidiruv saytlari orqali topib, hursand bo`ldim. O`zbek tilida shunday chiroyli saytlar qilsa bo`lar ekan-ku! She'riyat sahifasidagi Muhammad Yusufning "Osmonning oxiri" dostonini kutib yotibmiz, qachon uni joylashtirasizlar? Bundan tashqari Muhammad akaning boshqa she'rlaridan ham bizni bahramand qilsalaringiz. Vatandoshimiz, marhum Shavkat Rahmonning ham bir olam go`zal she'rlari bor. Uni ham boyitish kerak. "Haqiqat nimada?", "Kel, ko`r meni ishq nayladi?" ga o`xshagan maqolalardan ko`proq berib turinglar.
Ezgu ishlaringizda Allohning o`zi madadkor bo`lsin!
SAYT IJODKORLARIDAN: Muhammad Yusufning "Osmonning oxiri" dostonini saytga joylab bo`ldik, shuningdek shoirimizning 46 ta she'rini ham ziyo-uz sahifalarida o`qishingiz mumkin. Shavkat Rahmon she'riyati sahifasi ham yangi she'rlar bilan boyitildi. Kelgusida yan bir qancha ma'rifiy maqolalar berish niyatimiz bor.