MUТA JANGI
Rasulullohning (s.a.v.) elchilari Horis ibn Umayrni Gasson amiri Shurahbil o’ldirgani yodlaringda bo’lsa kerak. Bu ishi uchun unga bir saboq berib qo’yish maqsadida Janobimiz xozirlik ko’rishga buyurdilar. Darhol uch ming kishilik bir qo’shin to’plandi. O’zlari bu yurishda ishtirok etmasdilar. Qo’shin yig’ilgan Jurf degan joyga borib, qo’mondonni e’lon qildilar.
— Sizlarga Zayd ibn Horisani amir etib tayinlayman, — dedilar.
Ja’far ibn Abu Тolib (r.a.) ovozida hiyla ranjish ohangi ila:
— Ey Allohning payg’ambari, Zaydni mening boshimga amir qilib qo’yasiz deb sira kutmagan edim, — dedi.
Janobimiz unga o’giriddilar:
— Senga nima yaxshiligini o’zing bilmaysan, — dedilar. So’ngra so’zlarini bunday davom ettirdilar: — Lashkar boshlig’i Zayd ibn Horisadir. Bordiyu Zayd o’ldirilsa, Ja’far qo’mondon bo’ladi. Agar Ja’far ham o’ldirilsa, amirlik Abdulloh ibn Ravohaga o’tadi. Abdulloh ham o’ldirilsa, musulmonlar o’zlari rozi bo’ladigan kishini oralaridan amir qilsinlar.
Bu yo’l-yo’riq ko’ngillarda nozik bir og’iq turishiga sabab bo’ldi. Homushlangan, g’amginlik bosgan ko’zlar qo’bon sifatida taqdim etilgan u uch zotni izlardi. Endi hech qachon Madinaga qaytmasliklari, o’zlari kirayotgan u jangda shahidlik sharbatini ichajaklari ularga ma’lum bo’lgan edi.
Ketayotganlar qolayotganlar ila vidolashishdi. Kimdir:
— Nimaga yig’layapsan, ey Ravoxa o’g’li? — deb so’rab qoldi.
Ajab savol... Albatta yig’laydi, albatta ko’zyoshi to’kadi-da. Endi hech qachon Madinaga qaytmasligini va Allohning sevikli payg’ambarini (s.a.v.) ham ortiq ko’rmasligini bilgan inson kulmaydi-ku, axir...
— Vallohi, men dunyoga bog’liq bo’lganimdan yoxud sizlarga bo’lgan sevgim tufayli yig’lamayapman. Men faqat Rasulullohning:
«Sizlardan har biringiz, chorasiz, do’zahga
bir tushib chiqasizlar. Bu hukm Parvardigoringizning mutlatqo ado etadigan bir xukmidir», oyatini o’qiyotganlarini eshitganman, men u yerga tushganimdan keyin chiqish, do’zaxdan qutulish qanday bo’lishini bilmayman, yig’im sababi budir, — dedi Abdulloh ibn Ravoxa.
— Alloh yordamchilaringiz bo’lsin, o’zi muxofaza aylasin...
Bu so’zlar so’ylanarkan, qalblarga «Mana shu ko’rishuvimiz oxirgisidir, so’nggi diydor...» degan ma’nodagi tuyg’ular to’lib borardi.
Abdulloh ibn Ravoxa koinot fahri (s.a.v.) janobimiz bilan birga so’nggi marta juma namozini o’qishni va birodarlariga orqadan yetib olishni hayol qildi. Ammo payg’ambarlar sayyidi bunga rozi bo’lmadilar.
— Yer yuzini to’ldirib sadaqa ulashsang ham, ularning tongdagi safarida oladigan ajr va mukofotga erisha olmaysan, — deb marhamat qildilar.
Bu muborak so’zlar Abdulloh ibn Ravoxaga yetarli bo’ldi. Zotan, hech kimsa: «Yo’q, haqiqat unaqa emas», deya olmasdi ham.