"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 631-640
631. Lui Aragon qaysi asarni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa" deb atagan?
Javob: Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi.
632. Pablo Nerudaning asl ismi nima?
Javob: Neftali Rikardo Reyes.
633. T.Murod qaysi asari haqida "Men o'zbek xalqiga haykal qo'yaman!" degan?
Javob: "Otamdan qolgan dalalar".
634. T.Malik "Falak" qissasida kimni "Batlimusi davron" deb atagan?
Javob: Ali Qushchini.
635. U nimadir, darvozasiz qal'adir
U nimadir, derazasiz binodir
U nimadir, odamlarga ko'rinmas
U nimadir, yemadilar to'ydilar
U nimadir, ulug' kunga qo'ydilar
Shoir bo'lsang,shundan bizga ber xabar.
Javob: U ko‘ngildir - darvozasiz qal’adir,
U qabrdir - derazasiz binodir,
Ubalodir - kelsa ko‘zga ko‘rinmas,
U diydordir - yemadilar, to‘ydilar,
U namozdir - qiyomatga qo‘ydilar.
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu.
636. "œTarjimanul Qur’on"(Qur’on tarjimoni) nomiga sazovor bo’lgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Abbos
637. Internet kashfiyotchisi kim?
Javob: Tim Berners - Li.
638. Uyali telefonni kim kashf etgan?
Javob: Martin Kuper.
639. Rasuli-Akram S.A.V.ning hadislari bilan ogohlantirilganimiz 7 halok qilguvchi narsalar qaysilar ?
Javob: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb so‘rashgan edi, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh).
640. Islom jihodlarida jangdan avval eng kop tilovat qilinadigan qur'oniy sura qaysi?
Javob: Anfol surasi.