Assalomu alaykum!
Bu mavzuni ochishimdan maqsad mamlakatimizda innovatsion ta'lim tizimini rivojlantirish borasida fikringizni bilish. Bugungi kunda respublikamiz oliy ta'lim tizimida bir necha universitet, institut, akademiyalar faoliyat olib bormoqda. Ushbu so'rovnomada fikringizni ulardagi bilim berish jarayoni yoki moddiy-texnik, moliyaviy ta'minot muammolari emas, balki ta'lim tizimimizning qay darajada innovatsion ekanligi, talabaning ijodkorlikka nisbatan qay darajada motivatsiyaga ega ekanligi masalasiga tortish. Masalaning dolzarbligi shundaki, innovatsion ta'lim tizimini shakllantirish va uni rivojlantirish bilangina biz Bilimlarga asoslangan Iqtisodiyot qura olamiz va jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan o'rin olishimiz mumkin.
Ma'lumot uchun:
Ijod - inson faoliyati jarayoni bo'lib, unda sifat jihatdan yangi moddiy yoki ma'naviy boylik yaratiladi;
Ijodni ishlab chiqarishdan farqlashning asosiy me'zon bu - uning mahsulining unikalligidir. Ijod mahsuli shunday narsaki, muallifdan boshqa hech kim xuddi shu sharoitlar yatatilgan taqdirda ham aynan shu natijaga erisha olmaydi. Demak, ijod jarayonida muallif mehnat operatsiyalari yoki mantiqiy xulosalarga to'g'ri kelmaydigan qandaydir faqat o'zigagina tegishli bo'lgan imkoniyatni yakuniy mahsulga singdiradi. Shu fakt ijod mahsulining ishlab chiqarish mahsulidan qadrliroq bo'lishini ta'minlaydi.
Innovatsion oliy ta'lim tizimi deganda men quyidagilarni nazarda tutdim:
1) ta'lim tizimi yangi mahsulotlar bera olsin: yangicha ilmiy qarash, nazariyalar, paradigmalar, ixtirolar, nou-xau, texnologiyalar va h.k.
2) bunday ta'lim tizimida tahsil olgan talaba har qanday masalaga ijodiy yondashib, o'zining original yechimini taqdim qila olsin.
3) ijod mahsuli osonlik bilan kommertsializatsiya (bozorga chiqish, tovarga aylanish) bo'la olsin.
So'rovnomada qatnashishni istagan gumanitar, aniq fanlar, texnika va boshqa barcha soha oliya ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek xorijdagi talabalar va boshqa barcha shu masalaga qiziqqan porumchilarga KATTA RAHMAT!!!! Faqat javobni belgilash bilan cheklanib qolmay, nega shu javobni tanlaganingizga izoh hamda shu masalaga doir barcha o'zingizni qiziqtirgan mulohazalarni qoldirsangiz, nur ustiga a'lo nur bo'lar erdi!