Eng so‘nggi yangiliklar
...DNKni ajratib olish uchun o‘zingizning istalgan "œqismingiz" (qon, so‘lak, ter, soch, teri va boshqalar) kifoya. Uning ichida bir necha tirik hujayra bo‘lsa yetarli. Molekulyar-biologik analiz esa siz insoniyat DNK kutubxonasining qaysi qismini "œko‘tarib" yurganingizni aniqlab beradi.
...Bu kutubxona qanday tartiblashtirilgan? Har bir hujayrada yadro bo‘lib, bu yadro ichida "œxromosoma" deb ataluvchi 46 ta molekula bo‘ladi (otadan 23 ta, onadan 23 ta). Bu molekulalar o‘z navbatida nukleotidlardan tarkib topadi. Insonning bitta hujayrasida 6 milliardga yaqin nukleotid juftlari bo‘lib, ularda nasl haqidagi axborot saqlanuvchi 30 ming gen mavjud. Har birimizning genlarimiz o‘z hajmiga ko‘ra boshqalarnikidan farqlanadi, shuningdek, ularning soni ham har kimda har xil — bir necha ming juftdan bir necha milliongacha. Bu genlar bizning hujayralarimizni boshqaradi, qaysi hujayra qanday a’zo bo‘lishini "œaytib turadi". Ularning boshqaruvi ostida ayrim hujayralar mushaklarga, suyaklarga, boshqalari esa muskullarga aylanadi. Shuningdek, har bir gen muayyan oqsilning tayyorlanishida o‘ziga xos retsept hisoblanadi.
...Inson xromosomasidagi nukleotidlarning faqat 2%igina genlarni tashib yuradi. Qolgani esa — ortiqcha mahsulot. Biroq, keyingi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ana shu ortiqcha mahsulot organizmning yashovchanlik darajasiga ta’sir qilar hamda jonli mavjudotlar o‘rtasidagi o‘zaro farqlarni belgilab berar ekan.
...Agar bir insondagi barcha hujayralar (bor-yo‘g‘i 50 trillion atrofida) ichidan DNKni ajratib olib, bir qator qilib tizib chiqsak, bu zanjir Yerdan Oygacha 130 ming marta borib kelishi mumkin!
...DNK "œipi" (genlarni bir tekis ushlab turuvchi zanjir) sochimiz tolasidan 2000 marta kichik.
...Inson genomi, ya’ni yaxlit DNKdagi genlar ilk bor to‘laligicha 2003 yilda "œtarjima qilingan". 800 million dollarga tushgan bu loyiha ustida 10 mingdan ziyod olimlar 15 yil mehnat qilishdi.
...Sut emizuvchilar o‘rtasida ikkinchi bo‘lib kalamushning genomi to‘liq tarjima qilindi. Keyin esa sichqon. Yaqinda ular qatoriga shimpanze ham qo‘shildi.
...Genlarga qarab shuni aytish mumkinki, barcha insonlar bir-biriga 99,99% o‘xshar ekan.
...Yaqinda olimlarning xalqaro guruhi Afrika, G‘arbiy Yevropa va Uzoq Sharqda istiqomat qiluvchi 300 000 insonni tekshirib, insoniyat genomidagi asosiy kombinatsiyalar (murakkab bog‘lanishlar) xaritasini tuzib chiqishdi. Endi, bu xarita yordamida doktorlar juda ko‘plab kasalliklarga tez va oson tashxis qo‘yishi mumkin.
Ana shunaqa gaplar. Genetika fanidagi bu kashfiyot butun ilm-fanda ulkan burilish yasadi. U ayniqsa, biologiya va meditsinada yangi ufqlar ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Eng muhimi, insoniyat genomini o‘rganish odamning naqadar mukammal mo‘jizaviy jonli mavjudot ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Botirjon G‘OFUROV