Assalamu alaykum.
Hammamiz turli kasbda faoliyat yuritamiz.
Ishda nimalar bo’lmaydi deysiz.
Ishxonadami, yoki kasbimiz bo’yichami turli qiziqarli voqealarga duch kelamiz, ayrimlari kulgili ayrimlari taajubli.
Kelin shu mavzuda kasbimizda bo’lib o’tgan qiziqarli voqealarni bayon etamiz.
Chilonzorda FOTOSTUDIYAda ishlab yurganimda 2 yigit do’konimizga muzqaymoq eb, shoshmasdan “Sizlarda taklifnomaham qilinadimi?” deb so’rashdi.
Man “Ha, albatta”, dedim.
Yigitlar: “Nechta bo’lsa bo’lsa ham tayyorlab beraverasizlarmi? Bizga 20-30 tacha kerak, to’yga”.
Man: “Ha, nechta disangiz ham tayyorlab beraveramiz”, dedim.
Gap so’zlaridan Vodiyliklarga o’xshashdi. Keyin o’zlari aytib qolishdi: “Biz asli Marg’ilondanmiz, do’stim ikkalamiz shu yerda ishlaymiz, Marg’ilonda taklifnomalar tarqatib bo’lingan, faqat shu yerdagi hamkasblarimizga tarqatishga kerak.”
Man: “Yaxshi taklifnomaga nimalar yozishni yozib beringlar (ya’ni kelin-kiyovning ismi, to’y kuni, joyi va hokazo)” dedim ungacha boshqa ishlarim bilan band bo’ldim.
Yigitlar birpasda yozib berishdi va: “Biz 15-20 minutlarda kelamiz, shu yerlarni aylanib turamiz, ungacha tayyor bob qolar?”, deyishdi.
Har doim mijoz ketishidan avval taklifnomaga nimalar yozganliklarini o’qib tushunmagan joylarimizni so’rab olamiz.
Taklifnoma mazmuni tahminan shunday edi:
“Assalamu alaykum!
Sizni sevimli farzandlarimiz
Muhammadjon va Madaminjonlarning
nikoh to’ylari munosabati bilan
28 noyabr 18:00 da yozilajak
dasturxonimizga lutfan taklif ertamiz
Hurmat va ehtirom ila _________ oilasi
Manzil: Marg’ilon shahar, ………”
Qayta – qayta o’qidim, keyin yigitlardan; “Man bu yerda nima yozilgan?” deb ismlar yozilgan joyni ko’rsatdim.
Ular: “Muhammadjon va Madaminjon” deyishdi.
Man tushunmagandek qarab turaverdim, keyin; “Bu o’gil to’yimi?” deb so’radim.
Yigitlar: “Yo’q, nikoh to’yi” deyishdi.
Battar hayron bo’lib turgandim, yigitlardan biri kulib yubordi, “Ha singlim bo’ldi tushundim, bu o’zi mana bu do’stim bilan ukasini nikoh to’yiga taklifnoma. Bizda Mrg’ilonda qizlarni ismi taklifnomaga yozilmaydi. Toshkentda sal boshqacha shunga siz ham hayron qoldizda, a? Bizni hayolimizdayam yo’qda bu yerda taklifnomalar mazmuni sal boshaqacha bo’lishi” deb kuldi. Hammamiz kulib yubordik. Mana shunaqa gaplar.
Sizdan ham qiziqarli taasurotlarni kutib qolaman :)