Men bilgan juda ko'pchilik userlar Facebookda.
Har bir texnologiyaning o'z zamoni bo'ladi. Bir paytlar chatlar rosa qaynagan bo'lsa, keyin forumlar asosiy muloqot maydoniga aylandi. Keyinroq ijtimoiy tarmoqlar ularning funksiyalarini bajarib, ko'proq ommani o'ziga jalb etdi. Lekin bular ham albatta o'tkinchi, yana-da yangiroq texnologiya chiqishi bilan ular yo funksiyasini o'zgartiradi yoki boshqasiga yo'l bo'shatib beradi.