[/size]
Agar boshqacha bo'lsa,ularda Vatanni sevishga o'rgtaishga bo'lgan metodlari qanaqa?
Rahmat
Metod petodni o'zi ham yo'q. Faqatgina hayot.
Turkiylar 1000 yildan buyon shu to'proqlarni vatan qilish uchun qo'n va ko'z yoshi to'kib keladi. 10 yashar bolalar ham buni belki tushunmaydi lekin sezadi. Hali ham shunday.
Kapalakxon batafsil yozgan. Alloh o'zi rozi bo'lsin. Ko'zimga yosh keldi. Mana shu joylarni belgilash kerak deb o'ylayman.
Hatto ayollari ham Vatan, deganda jonlarini berishga tayyor.
Turkiyadagi qardoshlarimizni bunchalik Vatanparvar bo'lishlarini sababi, yaqinlargacha Vatanlarini himoya qilish uchun turli xil urushlarga qatnashganliklari
Bu tuproqlarni Turkiyaliklarga bu asr boshida Alloh qaytib berdi, deyishadi, chunki to'rt tarafdan dushman kuchlari ojiz tushgan Turkiyaga qarshi.
Turkiya tuproqlarida urush tugamagan, bundan keyin ham osonlikcha tugamasa kerak. İnsonlari ham shuning uchun Vatan, Himoya, urush, qurol degan narslarani asarda, so'zda emas, Jonli shakda ko'rib turishibdi.
Oilalarga o'g'lining shahid xabarini olib kelganda-ularni og'zidan chiqqan so'z-VATAN SAG' OLSUN.
Birodar, Turkiyaliklarni urushqoq, millatchi deb o'ylamang. Sodda xalqmiz aslida qo'yday yuvvosh, bag'rikeng, mexmondo'st, rahmli... Ha, zamonaviy, axloqiy kasalliklar bizda ham katta muommoga aylangan. Lekin ishonamizki gavhar yerga tushmak bilan soqit bo'lmaydi. Alloh axloqimizni, iymonimizni mustahkam qilsin.
Turklar, O'zbeklar mavzusida umuman shuni aytmoqchiman: Turkiyaliklar "Turk" deganda O'zbek, Qozoq, Turkman, Qirg'iz, Tatar, Onato'li Turklari vhkz. hamma Turkiylarni nazarda tutadi va shu bilan maqtanadi. O'zbeklar esa "Turk" deganda faqat Turkiyaliklarni nazarda tutadi va mana Turklar bizni kam ko'radi, o'zini maqtaydi deb o'ylaydi. Shundan juda afsuslanaman.
Kapalakxon, yana bir bor rahmat.