Umumiy bo'lim > Kino olami

Sizga judayam ta’sir qilgan kinofilm

(1/25) > >>

AbdulAziz:
"œUrush! Noming o’chsin jahonda" deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la’nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O’ldir! O’ldirmasang seni o’dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o’tirma! Chunki u — sening dushmaning! Qiyna uni, o’ldir uni, vayron qil! Bu urush qonuni!

Bunda na insof, na odamiylik bor, bu yerga kelganlar hammasi manqurtlar! Boshliq nima qil desa, shunga bo’ysunadi. Inson insonni g’ajiydi, yoqadi, xo’rlaydi, zo’rlaydi! Axir ikkimizning tuprog’imiz bir-ku, deydigan odam yo’q bu yerda. Bu yerda dushman bor. Uning kimligi: na millati, na dini, na qarindoshligi ahamiyatsiz. Sen uning dushmanisan, u sening dushmaning! Sening bitta vazifang bor: O’LDIRISH!

Koreys kinoijodkorlari tomonidan ishlangan "œ38-parallel" filmi ham shu mavzuda. Unda Shimoliy va Janubiy Koreya o’rtasidagi sovuq urush va 1950-yilda bo’lib o’tgan qirg’inbarot haqida so’z boradi. Inson ishlab chiqqan la’nati ideologiyalar ikki xalqni bir-biridan ajratib, birini "œqizil", ikkinchisini "œdemocrat" bo’lishga majbur qiladi. Mafkura insonlarni shunday tarbiyalaydiki, bir millat vakillari bir-birlariga ayovsiz dushmanga aylanadilar. "œQizil cho’chqalar" va "œjanublik marazlar" o’rtasida shiddatli jang boshlanadi. "œBiz jangda albatta g’alaba qozonishimiz kerak! Yo’qsa hammayoqni qizil iblislar bosib, bizning qonimizni so’rishadi. Yashab qolish uchun ham g’alaba qozonishimiz shart". Bu har bir janublikning maqsadi edi. Koreys koreysni otadi, qiradi, yoqadi: "œqizil" bo’lgani uchun "œcommunist" bo’lgani uchun!



Filmning bosh qahramonlari ikki aka-uka. Biri urushga kelmasdan oldin maktabda o’qirdi, yuragida xastaligi bor edi. Akasi esa ukasining ta’limi uchun ko’chada poyafzal tozalardi. Urushda Jin Tay (aka) o’z jonini ayamay qahramonlik ko’rsatadi. Ukasi esa: "œJin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo’yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo’natib yuborish uchunmi?  Nima qilayapsan? Mendan o’q o’tmaydi deb o’ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o’lyapti. Sen jinni bo’ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o’limga ro’baro’ qilib, ketaveradi deb o’ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo’lishimiz kerak: o’lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!" deb uni to’g’ri yo’lga chaqirmoqchi bo’ladi. Koreys hukumati Jin Tayning xizmatlarini hisoga olib, unga mansab beradi. Urush, mansab uni umuman o’zgartirib yuboradi, odamgarchilikdan chiqaradi, diydasini toshga aylantirib qo’yadi. Urush bilan bir vaqtda mamlakat ichida ham "œcommunist" deb gumon qilinganlarni ommaviy qirish boshlanadi. Jin tayning sevgan qizini ham "œcommunist" deb ko’z oldida otib tashlashadi. Urush davom etardi. "œKommunist" deb gumon qilinib, asirga olingan Jin Sok (uka) qamalgan bino akasiga "œmedal" bergan komandir tomonidan yakson qilishga buyuriladi. Vayronalar orasidan Jin Sok ukasiga o’zi sovg’a qilgan ruchkani yonib tamom bo’lgan murdalar orasidan topadi. Bu bedodliklar alamidan Jin Tay Shimoliy tarafga o’tib ketadi"¦

...Iloyim urushdan saqlasin!!!


PS. Siz ham o’zingizga judayam ta’sir qilgan kinofilm haqida yozishga harakat qiling. Qaysi film sizni o’ylashga, fikrlashga  majbur qilgan va nima uchun?

Arxiv

Shoxjahon12:

--- Iqtibos: AbdulAziz  14 Iyun 2006, 14:34:20 ---"œUrush! Noming o’chsin jahonda" deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la’nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O’ldir! O’ldirmasang seni o’dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o’tirma! Chunki u — sening dushmaning! Qiyna uni, o’ldir uni, vayron qil! Bu urush qonuni!

Bunda na insof, na odamiylik bor, bu yerga kelganlar hammasi manqurtlar! Boshliq nima qil desa, shunga bo’ysunadi. Inson insonni g’ajiydi, yoqadi, xo’rlaydi, zo’rlaydi! Axir ikkimizning tuprog’imiz bir-ku, deydigan odam yo’q bu yerda. Bu yerda dushman bor. Uning kimligi: na millati, na dini, na qarindoshligi ahamiyatsiz. Sen uning dushmanisan, u sening dushmaning! Sening bitta vazifang bor: O’LDIRISH!

Koreys kinoijodkorlari tomonidan ishlangan "œ38-parallel" filmi ham shu mavzuda. Unda Shimoliy va Janubiy Koreya o’rtasidagi sovuq urush va 1950-yilda bo’lib o’tgan qirg’inbarot haqida so’z boradi. Inson ishlab chiqqan la’nati ideologiyalar ikki xalqni bir-biridan ajratib, birini "œqizil", ikkinchisini "œdemocrat" bo’lishga majbur qiladi. Mafkura insonlarni shunday tarbiyalaydiki, bir millat vakillari bir-birlariga ayovsiz dushmanga aylanadilar. "œQizil cho’chqalar" va "œjanublik marazlar" o’rtasida shiddatli jang boshlanadi. "œBiz jangda albatta g’alaba qozonishimiz kerak! Yo’qsa hammayoqni qizil iblislar bosib, bizning qonimizni so’rishadi. Yashab qolish uchun ham g’alaba qozonishimiz shart". Bu har bir janublikning maqsadi edi. Koreys koreysni otadi, qiradi, yoqadi: "œqizil" bo’lgani uchun "œcommunist" bo’lgani uchun!



Filmning bosh qahramonlari ikki aka-uka. Biri urushga kelmasdan oldin maktabda o’qirdi, yuragida xastaligi bor edi. Akasi esa ukasining ta’limi uchun ko’chada poyafzal tozalardi. Urushda Jin Tay (aka) o’z jonini ayamay qahramonlik ko’rsatadi. Ukasi esa: "œJin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo’yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo’natib yuborish uchunmi?  Nima qilayapsan? Mendan o’q o’tmaydi deb o’ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o’lyapti. Sen jinni bo’ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o’limga ro’baro’ qilib, ketaveradi deb o’ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo’lishimiz kerak: o’lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!" deb uni to’g’ri yo’lga chaqirmoqchi bo’ladi. Koreys hukumati Jin Tayning xizmatlarini hisoga olib, unga mansab beradi. Urush, mansab uni umuman o’zgartirib yuboradi, odamgarchilikdan chiqaradi, diydasini toshga aylantirib qo’yadi. Urush bilan bir vaqtda mamlakat ichida ham "œcommunist" deb gumon qilinganlarni ommaviy qirish boshlanadi. Jin tayning sevgan qizini ham "œcommunist" deb ko’z oldida otib tashlashadi. Urush davom etardi. "œKommunist" deb gumon qilinib, asirga olingan Jin Sok (uka) qamalgan bino akasiga "œmedal" bergan komandir tomonidan yakson qilishga buyuriladi. Vayronalar orasidan Jin Sok ukasiga o’zi sovg’a qilgan ruchkani yonib tamom bo’lgan murdalar orasidan topadi. Bu bedodliklar alamidan Jin Tay Shimoliy tarafga o’tib ketadi"¦

...Iloyim urushdan saqlasin!!!


PS. Siz ham o’zingizga judayam ta’sir qilgan kinofilm haqida yozishga harakat qiling. Qaysi film sizni o’ylashga, fikrlashga  majbur qilgan va nima uchun?

Arxiv

--- End quote ---

Bu film menda ham katta taassurot qoldirgan. Koreyschasini ko'rganman.
Bitta millatning ikkiga bo'linib ketishi -  bu dahshat...
Bu film o'zbek tiliga dublyaj qilinsa zo'r bo'lardi.

maknuna:
Shu film darajasidagi boshqa koreys filmlari ham bormi?
Negadir bizada qo'yishvotgan koreys seriallarining hammasi g'amgin... Hammasida baxtsizlik...
Nima unaqa?

Shoxjahon12:

--- Iqtibos: maknuna  15 Iyun 2006, 16:38:48 ---Shu film darajasidagi boshqa koreys filmlari ham bormi?
Negadir bizada qo'yishvotgan koreys seriallarining hammasi g'amgin... Hammasida baxtsizlik...
Nima unaqa?

--- End quote ---

Menda bir nechta yaxshi, ma'noli koreys filmlar bor.  Balki ularni tarjima qilarman.. Lekin TVda chiqarish qiyin-da. ???
O'zimdagi filmlar orasida Li In Ju bosh rolni o'ynagan "Pokiza muhabbat" filmi yaxshi. (Li In Ju esingizda bo'lsa "Qaqnus" serialida bosh roldagi qiz rolini o'ynagan). Bu saytga jylashning iloji bo'lsa, film nusxasini men jon deb berib turaman:)
Yana "B" toifali yigit " filmi bor. Ancha komediyali...

Koreys seriallarini g'amginligi haqida nima deyish mumkin? Hayot faqat shodlikdan iborat emasku... Balki koreys seriallarining ommaviylashib ketayotganligi boisi shundadir. Koreyslar odamni yig'latadigan film yoki serialni "super" deb bilishadi. O'zim ham hayronman g'amginlikdan yiroq bo'lgan film bilan ham odamni lol qoldirish mumkinku...

AbdulAziz:

--- Iqtibos: Shoxjahon  16 Iyun 2006, 12:23:48 ---O'zimdagi filmlar orasida Li In Ju bosh rolni o'ynagan "Pokiza muhabbat" filmi yaxshi. (Li In Ju esingizda bo'lsa "Qaqnus" serialida bosh roldagi qiz rolini o'ynagan). Bu saytga jylashning iloji bo'lsa, film nusxasini men jon deb berib turaman:)
--- End quote ---
Agar kinoning hammasini qo'ymoqchi bo'lsangiz buning hozircha iloji yo'q. Chunki ishlatayotgan internet tezligimizda kinolar joylay olishimiz amri mahol.
Agar foto yoki matnlari bo'lsa marhamat, joylab berishim mumkin :)


--- Iqtibos ---Koreys seriallarini g'amginligi haqida nima deyish mumkin? Hayot faqat shodlikdan iborat emasku... Balki koreys seriallarining ommaviylashib ketayotganligi boisi shundadir. Koreyslar odamni yig'latadigan film yoki serialni "super" deb bilishadi. O'zim ham hayronman g'amginlikdan yiroq bo'lgan film bilan ham odamni lol qoldirish mumkinku...

--- End quote ---
Hozir ham TV da koreys serialini qo'yishmoqda. Bitta seriyasini arang ko'rdim. To'g'risi yoqmadi, chunki Maknuna aytganlaridek, boshdan oyog'i g'amgin, zerikarli serial ekan. Lekin xonadoshlarimga bu yoqadi. Men ularga yana shu ezma, bechora bola to'g'risidagi serialni ko'ryapsizlarmi, desam, ular, menga e'tiropz bildirishadi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version