Umumiy bo'lim > Kino olami

"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan?

(1/11) > >>

Ziyo:
assalom:

Assalomu alaykum!

Bir so'rovnoma o'tkazmoqchiydim.

"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan (sizga eng yoqqan) deb e'tirof eta olasiz?

Javoblar uchun oldindan tashakkur

Ziyo:
Muxbir:

1. "Erkak".
2. "Otamdan qolgan dalalar"
3. "Dev bilan pakana"

Ziyo:
Noza:

1. Otamdan qolgan dalalar. - Bu kinoni 1 marta ko'rgan bo'lsam ham juda katta ta'surot qoldirgan manda.
2. Bomba. - Bu ham komediya bo'lsa ham yahshi qiziq olingan kino.
3. "Sevinch" - ja ko'p ko'rilmasa ham 1-2 marta koradigan kino.

Yan shuni aytmoqchimanki o'sha "Fotima va Zuhra", "Sevgi fazosi", "Sevinch", "Romeo va Julietta" filmlari yaqinda olingan kinolar. Albatta kamchiliklar bo'lishi mumkin. Lekin har bir rivojlanayotgan narsada kamchiliklari bo'lishi tabiiy. Shu o'rinda kinoda ham.
Bizning kinofilmlarimiz ayni rivojlanayotgan paytda shuning uchun man shunday kinolar chiqayabdi. Hudo hohlasa yanada rivojlanib, bizning rejissorlar ham birovlardan "nusha ko'chirmas" dan haqiqiy ("Zulmat" kabi) kinolar yaratishar balkim. Ungacha esa ko'ramiz va fikrlarimizni aytib qolamiz.

Ziyo:
Dilshod:

Manga o'zining hayotiy mano'ga boyligi va dolzarb muammolarning ko'tarilganligi bilan faqat bir kino ta'sir eta olgan: rejissyor Zulfiqor Musakovning "Osmondagi bolalar 1" kartinasi. Boshqa o'zbek filmlarini esa vaqt o'tishi bilan unutib yuborsam kerak.

Ziyo:
maknuna:

Eng yaxshi filmlar:
1. O'yin.
2. Osmondagi bolalar.
3. Dev bilan pakana.

Uchchala film ham jamiyatning qaysidir muammolarini ochib berganligi uchun ham qadrli.
Afsuski, so'nggi paytdagi kinolar o'ldim-kuydimdan nariga o'tmayapti.
Original ssenariy asosida bo'lsa ham mayliga edi... Hammasi bir-biriga o'xshaydi.
Yaqinda Hindistondan o'zib ketamiz!

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version