Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni uchratsangiz...

(1/3) > >>

muxlisa:
Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar.

 ....

Sizlarga savol bersam. Bu savolni ko'plaringizga ma'lum bo'lgan videorolikdan olingan. O'sha video lavhada shunday gaplar bor edi:

- Agar Payg'ambarimiz S.A.V. bizning oramizda bo'lganlarida ahvolimiz qanday bo'lardi?
- Vallohi, bu ne'mat bo'lardi. Va ahvolimiz umuman boshqacha bo'lardi.
- Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular?
- Javob juda qiyin... Agar faraz qilsammi? Payg'ambarimiz S.A.V. bilan-a? Haqiqatan Payg'ambarimiz S.A.V. bilan birga o'tirib qolsam... Men buni  tushimda ko'rishni orzu qilishim mumkin...  Agar menga kelsak, qo'llaridan mahkam ushlab, meni bu dunyodan olib keting degan bo'lardim... Ana shuni so'ragan bo'lardim...

Bu bir muslimani javoblari edi, uni qalbidan nima o'tgani, nima sababdan bunday javobni bergani faqat Allohga ayon...

....
Savolim esa yuqoridagi savol-javobdan olingan:

Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular? Shu bir necha daqiqalarda nimalarni aytgan bo'lardingiz u Zotga?

Ajamiy:
Агар шу холат тушимда булса хам каниди:'(

Humayro:
hech bo'lmasa tushda ko'rsam yana bir bor ... birinchi marta tushimda ko'rganimda gapira olmadim  :(, hech narsa deya olmadim, oyoqlarim ham yurmay qoldi, talpinaman, ammo... :'(

yana ko'rsam va juratim yetsa gapirishga, Qiyomatda meni shafoat qilishlarini yolvorib, yalinib so'ragan bo'lardim, duolarini olgan bolardim...bundan ortiq baxt bormi.

Muhammad Yusuf:
Assalomu aleykum !
Agar Rosululloh s.a.v.ni farazan yonimdalar deb bilsam , ul zotdan : - Yo Rosululloh (s.a.v.) duo qiling jannatiyligi bashorat qilingan o'nta sahobiyning o'n birinchisi men bo'lay - deb aytgan bo'lardim.

Rabella:
Avvalambor Allohni tanib, uni sevmoqlik bir baxt..
Allohning sevimli Nabiysi bo`lgan Rosululloh (s.a.v) ni sevmoqlik bir baxt...
Ammo.. Allohni sevamiz deymiz-u uni buyurgan buyruqlariga qanchalik itoat qilib, qaytargan qaytariqlaridan qanchalik qaytayotganimizni bilmaymiz..
Rosululloh (s.a.v) ni sevamiz deymiz-u U Zotga qay darajada loyiq ummat bo`la olayotganimizni  o`ylab ham ko`rmaymiz.. Amallarimizga qay darajada kibr, riyo aralashib qolayotganini sezmaymiz ham..
Agar Payg`ambarmiz (s.a.v) bilan bir necha daqiqa bo`lsada suhbatlasha olganimda, muborak og`izlaridan bir necha kalomni eshita olganimda edi..
Menimcha meni hozirgacha yashagan va bundan keyingi hayotim bir-biridan tamomila o`zgarib ketgan bo`lardi..
U Zotdan menga haqiqiy Allohni sevishni o`rgatishlarini, Allohni rasulini qanday sevish kerakligi so`ragan va qalbimni Allohni sevgan va Alloh sevgan bandalaridan qilishini so`rab duo qilishlarini so`ragan bo`lardim...

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version