XAMSACHILIK — Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri; «Xamsa» yozish bilan bog`liq adabiy an’ana. Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Ijodkorlar Nizomiy "œPanj ganj"ini ("œBesh xazina’) tashkil etuvchi "œMahzan ul-asror", "œXusrav va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œ«Haft paykar", "œIskandarnoma" dostonlarining mavzui, mazmuni, qahramonlari, vazni, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil asar yaratganlar. Bu badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Xamsa dostonlarining har biri mavzui, qahramonlari, hatto qo`yilgan masalalarigacha aniqlikka ega bo`lib, bu janrda ijod qilgan yozuvchi o`z mahoratini ana shu an’anaviy vositalar yordamida ko`rsatishi, shu orqali o`z davri ideallarini ifodalashi lozim bo`lgan. An’anaga ko`ra, xamsadagi birinchi dostonning asosini falsafiy-axloqiy masalalar tashkil etgan. ikkinchi 3-dostonlar sevgi orqali aks ettirilgan ijtimoiy-ma’naviy masalalarni yorituvchi mavzu asosida uyushgan. 4-doston sarguzasht asar bo`lib, unda adolatli shoh masalasi ko`tarilgan. So`nggi doston avvalgilarining xulosasi, umumlashmasi bo`lib, unda ijodkorning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari aks etgan. Sharqda badiiy qimmati turlicha bo`lgan 50 dan ortiq xamsalar vujudga kelgan. Xamsaning alohida dostonlariga javoblar ham yozilgan. Lekin bizgacha bu asarlarning hammasi ham yetib kelgan emas. Xamsa dostonlaridan faqat birigagina javob yozib, yuksak darajada shuhrat qozongan ijodkorlar ham bo`lgan (Fuzuliy, "œLayli va Majnun’). Xamsachilikda eng ko`p dostonlar "œLayli va Majnun" mavzuida yaratilgan. Keyingi o`rinlarda tegishli ravishda "œXusrav va Shirin’, "œMahzan ul-asror", "œIskandarnoma’, "œHaft paykar" mavzuidagi dostonlar turadi. Xamsanavislar o`z asarlarida epik-romanik, qahramonlik yoki sufiylik mavzuini birinchi o`ringa qo`yganlar. Nizomiy Ganjaviy "œXamsa’sining mazmuni va mavzulari turli xalqlar badiiy adabiyotlariga ta’sir etib, XIII-XX asrlar mobaynida 600 dan ortiq asar yaratilgan. Nizomiy "œXamsa’sini fors tilida yozgan. Boshqa xalqlar xamsachilik an’anasini o`z tillarida davom ettirganlar. Turkiy, urdu, pushtu, kurd, arman va boshqa tillarda xamsalar yaratilgan. Davrlar o`tishi bilan muayyan ijtimoiy-siyosiy sharoitda belgilangan mavzu, mazmuni, obrazlarga ega bo`lgan "œXamsa" dostonlarining mazmuni, tarkibi o`zgarib borgan. Xamsachilik an’anasi Kavkazorti, O`rta Osiyo, Afg`oniston, Pokiston va Hindiston mamlakatlarida davom ettirilgan. Turkiy xalqlar adabiyotida xamsachilikka qiziqish XIII-XIV asrlardan boshlangan. Qutb Xorazmiy Nizomiyning "œXusrav va Shirin" dostonini, Haydar Xorazmiy she’riy shaklini saqlagan holda ayrim o`zgarishlar bilan "œMahzan ul-asror" dostonini turkiy tilga tarjima qilgan. Turkiy (o`zbek) tilida "œHayrat ul-abror", "œFarhod va Shirin’, "œLayli va Majnun’, "œSab"ai sayyor", "œSaddi Iskandariy" nomlari bilan 5 doston — "œXamsa" yaratgan Alisher Navoiy xamsachilik taraqqiyotiga beqiyos hissa qo`shgan va xamsachilikni turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy darajasiga ko`tardi. Bunda Navoiy o`zigacha bo`lgan buyuk xamsanavislar — Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiylarni o`ziga ustoz deb bildi va ularning X.dagi g`oyaviy-badiiy an’analarini mahorat bilan rivojlantirdi. Xamsachilkni yuqori pog`onaga olib chiqdi. Navoiy xamsachilikda an’anaviy obrazlar hisoblangan Farhod, Shirin, Dilorom, Layli, Majnun, shohlardan Xusrav, Bahrom, Iskandar obrazlarini yangicha, o`z davri adabiyotining insonparvarlik g`oyalari nuqtai nazaridan talqin etdi. Navoiy "œXamsa’si turli xalqlar dostonchiligining keyingi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilgan. O`zbek shoiri Xoja ("œMaqsad ul-atvor"), turk shoiri Lomiy va uyg`ur shoiri Nizoriy ("œFarhod va Shirin’), ozarbayjon shoiri Fuzuliy ("œLayli va Majnun’) o`zlarining dostonlarini Navoiyning "œXamsa" dostonlari ta’sirida yaratganlar. Navoiy "œXamsa’si ayni vaqtda o`zbek adabiy tilining boyligi, mukammal va rang-barangligini ham namoyish etadi.