Yashashga mador yo'q, xo'p toldiim yo'ldan,
Saodat asriga xosdir sog'inchim,
Yo'lboshchi axtarib adashdim yo'ldan,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Nasihat olmagach, dilbandim farzand,
Biror bir go'zallik qilolmas xursand,
Otam ham tuzukroq berolmadi pand,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Galakaz ichinda tentirab,xorib,
O'zimni sezyapman tamoman g'arib,
Oisha onamni tushimda ko'rib,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
hech qanday foyda yo'q, ming bir ta'birlar,
Hatto to'shagimda ilon g'imirlar,
Xiyonatning boshi bugun amirlar,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Tamom gunohkroman qo'ysam bir qadam,
Shahrimda topolmama tuzuk bir odam,
Dalda bo'lolmagay hatto volidam,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
Ahlimda ko'rinmas Haqning talabi,
Yopilib is bosgan Islom maktabi,
Quchib qo'yvormagan Ukkoshi kabi,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim.
O'ttiz yil teran bir nigohla o'sdim,
Oxir do'stlik uyin ko'nglim-la buzdim,
Dushmanga aylandi eng yaqin do'stim,
RAsululloh sizni qattiq sog'indim.
Omon-omon yurti deganlar balli!
Og'ir kun tushganda yo'qdir tasalli,
"Ustoz" deb noma olgan munofiq fe'lli,
RAsululloh sizni qattiq sog'indim.
Sizning boshingizga nurin sochib bir,
Ajabki, shams nechun yig'lamayotir,
Bugungi kunimdan ketib xavotir,
RAsulullohs izni qattiq sog'indim.
Sezdim bu yog'iga omadim kulmas,
QOlgan umrimdan ham yuragim to'lmas,
Sal toza Iymonda ketmasam bo'lmas,
Rasululloh sizni qattiq sog'indim!!!
PS:Balki bu sh'er bu forumga joylangandir. Lekin bugungi holatimga juda mos tushdi. Men ham asri saodatni va Rasululloh SAVni qattiq sog'indim. Ilojsizligim alam qilganidan qabristonni ham sog'indim...