So’ng Usmonni chaqirib:"yoz!" deb buyurdilar: "Bismillahir rohmanir rohiym" Bu Abu Bakr ibn Abu Kuhofaning dunyodagi hayotining so’ngida undan chiqayotib, ohirat hayotining avvalida- unga kirayotib bergan ahdi! Kofir ishonadiga, fojir amin bo’ladigan va yolg’onchi rost so’zlaydigan vaqt ohiratdir. Men sizlarga Umar ibn Hattobni halifa qilib qoldiryapman, unga quloq solingiz, itoat etingiz! Agar adolat qilsa bu mening u haqidagi fikrim va bilimimdir. Agar u almashtirib yuborsa har kimga qilmishiga yarasha bo’ladi. Men yaxshilikni hohladim, g’aybni bilmasman: "Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar" (Shuaro,227- oyat)". Oisha r.a. otalari Abu Bakr Siddiq r.a. jon berayotgan paytlarida huzurlariga kirib, quyidagi baytni o’qidilar:
Qasamki, umringizga aziz padar,
Qachonki, kelsa yetib,qazo qadar.
Jon halqumga borsa,siqilib ko’krak,
Naf bo’lurmi mardga boyligu tirak.
Shunda Abu Bakr ko’zini ochib: - Unday emas mana bunday,- deb quyidagi oyatni o’qidilar: "Mana o’lim mastligi haqqi rostyetib keldi. ( Ey inson) bu o’lim sen qochguvchi bo’lgan narsadir".(Qof,19-oyat). Keyin dedilar: "Mana bu ikkita ko’ylagimni yuvib,meni ular bilan kafanlanglar.yangi narsaga o’likdan ko’ra tirikalr muhtojdirlar". Salmon Forsiy r.a. Abu Bakr r.a.dan hol so’rab huzurlariga kirdi va: "Ey Abu Bakr, bizga nasihat qiling,- dedi. Hazrati Abu Bakr Siddiq r.a: "Albatta, Alloh oldingizga dunyolar ochadi.Undan o’zingizga ytarlisini ol! Bilgilki, kim bomdod namozini ado qilsa, bas, u Allohning himoyasidadir. Allohning himoyasida bo’lgan holda Allohga bergan ahdingni buzma. Agar buzsang,yuzing bilan jahannamga uloqtirilajaksan!"- dedilar.