Assalomu alaykum!
Bugun Ko'ngilochar bo'limga kirib hayratdan yoqa ushladim.
Unchalikmas-da, birodarlar.
Ramazon kunlarida bir-birimizning ko'nglimizni o'g'ritish va hammaning ko'z o'ngida shu gap-so'zlarni aytish yaxshimasku.
Hammangizni o'zaro birodarlik, hurmatga chaqiraman.
Aynan, shu off-top va floodlar, forum qoidalarining qo'pol ravishda buzilganiligi uchun chora qo'llamasak bo'lmadi.
Ushbu mavzular xuddi shu sababdan 1 haftaga yopildi:
Oqmi qorami?
Bog'liqlik
Shoutbox!!!
+ (yaxshi) or - (yomon)
"Tomosha"ning faol ishtirokchilari Ikbaljhon va Lola ham 1 haftaga ban qilindi. Ikbaljhon moderatorlikdan ham 1 haftaga mahrum qilindi.
Aziz forumdoshlar, bu yerda hammamiz aqlli, bolig' insonlarmiz. Yosh bolalarcha ish qilmaylik.
Ushbu muqaddas oyda barchamizni Allohim mag'firat aylasin!