Ro’zg’or — tildagiyu fe’ldagi pardozni silkib, aslingizni yuzaga chiqarib qo’yadigan sinovdir. Ro’zg’ordan asli tozalargina rohat ola biladilar, iymoni butunlargina uning chiroyli tomonlarini kashf eta biladilar.Ro’zg’oridan ketibdi, umr yo’ldoshiga ko’ngilsiz bo’lib tashlab, boshqa bilan turmush quribdi, degan gaplarni asosan erkaklar haqida eshitamiz. Ularning barilari ro’kach qiladigan armonlari bor: ayoli ko’rimsiz yoki tili yomon yoki ivirsiq yoki kasal! Endi armon bilan o’tib ketmaslik uchun o’z monandini qidirib qolibdi emish. Yoki juda insofli bo’lsa, ikki ro’zg’orni baravar olib borar emish! Bu gaplarni ensamiz qotibgina eshitamiz-u, lekin sapchib tushmaymiz, etimiz uvushmaydi. Hatto mening o’zim ham bir kun radioda:"Juvonmarg erkak ham yaxshi xotindan ketib qolmaydi-da", deb edim!
Aslida-chi?Erkakning ta’bidan ko’ra nafisligu nazokat, xinoyu mushk-anbar ichra bo’lgan ayolning ta’bi yuz bora oritq nozikroq emasmi? Ayolda ko’ngil yo’qmi? Unda suyib yashashga ehtiyoj, yayrashga ishtiyoq yo’qmi? Siz o’ylaysizki, ayolni tanlab seviladi-yu, erkakning yaxshisiyu yomoni — yoppasiga sevilishga loyiqmi? Ovozi darvozadan chiqmay, birovga shikoyat qilmay, yashyotgan ayol borki, hammasi baxtlimi? "œDadasi, dadasi" deb mulozamat qilayotgan, juftining ko’ngliga bisyor qarayotgan ayolki erini yaxshi ko’radimi?
Yigitlarjon, atrofingizda mayday ishlarni qiliz, sizga yoqqan yoqmagan mayday gaplarni gapirib yurgan ayol ro’zg’orga munosabat masalasida sizdan ko’ra yuz bora yaxlitoq, yirikroqdir. Ne-ne ayollar erlarini ko’rgani ko’zi bo’lmasa ham, tug’ilib qolgan bolalar haqqi, ularning otasiz o’ksimalsigi uchun tosh tishlab, chidab yashaydilar. Har gal erlaridan ko’ngil sovib, armon yuraklarini yumdalaganda, javdiragan bolalariga ko’zi tushgan zahoti, tok urganday xijolat teriga botadilar:"O’g’illik, qizlik bo’lganimda erim menga yoqadimi, yoqmaydimi deyish yengiltaklik, bachkanalik, emasmi, oriyat emasmi", deb o’zlarini sud qilailar. Unday ayol dili muzlab tursa ham, atayi ovoz chiqarib:"Men juftimni yaxshi ko’raman, shuning uchun ham unga ixlos bilan taom pishiraman, ishdan kelishini zoriqib kutaman, uni yoqtirganim uchun yasanib tusanib ko’rinyapman, men eng baxtli ayolman, shuning uchun uyim joyim deb o’tiribman", deb tinmay o’zini ishontirib yashaydi. Atrofdagilarni ham ishontiradi.
Siz o’ylamanki, ayol erkakka zor, erkak bo’lmasa bolasini boqolmaydi, tirikchiligi o’tmaydi, deb! Bolalariga qo’shib, erini ham boqayotgan, ro’zg’orini tishida tishlab o’tayotgan ayolalrni o’zingiz ham har qadamda ko’rib turibsiz.
Duo qilaylikki, ilohim, aylllaringiz sizni sevib yashasinlar. Bir martagina beriladigan umrda siz tirik turib, sizning yoningizda yuraklarda armon toshini ko’tarib o’tmasinlar. Qiz kuyovniki bo’lib ketar ekan, o’g’il kelinniki. Nabiralar, ming suymaylik, g’animatdir — ayolingizning yonida sizdan boshqa hech kim qolmayotir. Ostonangizni yalab, faqat sizning bolangizni boqib, aziyatini tortib, szining yaqinlaringizni xizmatini qilib, umrini sizga qurbon qilib o’tsa ham, shu jafokashga jilla yoqay deb urinmaysizmi?
Yo’qotishalrining o’rnini bosay, demaysizmi? Undan olayotgan muruvvatlar haqqi o’zingizni qarzdor his qilmaysizmi? "œKo’nglimdagidek bo’lmasa ham bolalarimning otasida", deb o’tib boryapti ayol.
"œYomon bo’lsa ham bolalarimning onasi-da", deyish nahot qo’lingizdan kelmasa, yigitlarjon"¦