Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo
Ma'rifat
Donolar kitob haqida
Donolar kitob haqida ( 95340 marta o'qilgan)
Chop etish
1
2
3
4
B
Robiya
04 Noyabr 2007, 13:59:51
G’oyat dono ishlarimizning oqibati bo’lmish ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun biz kitobdan burchdormiz. R.Emerson
Kitob fikrlash qobiliyatimizni harakatga keltiradigan ixchamgina quroldir: u aqliy tanballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko’maklashuvchi tafakkur quvvatidir. E.Fage.
Qayd etilgan
AbdulAziz
05 Noyabr 2007, 07:36:59
Kitoblar aql farzandlaridir.
Jonatan SVIFT
Qayd etilgan
Foniy
05 Noyabr 2007, 15:13:34
Sandiq to'la kitoblari bo'laturib undan foydalanmaydigan(uni o'qimaydigan)lar ustiga yuk ortib qo'yilgan eshak kabidurlar!
Muallifi esimda yo'q
Qayd etilgan
Robiya
09 Noyabr 2007, 16:46:39
Kitoblar qalbni yoritadi,insonni yuksaklikka ko’taradi va kuchiga-kuch qo’shadi,unda eng yaxshi orzu-istaklarni uyg’otadi,aqlni charxlaydi va yurakni yumshatadi. U.Tekkerey.
Kitoblar aql farzandlaridir. J.Svift
Qayd etilgan
Robiya
09 Noyabr 2007, 16:49:28
Kitoblar mangulik xususiyatiga ega.Ular inson faoliyatining eng umrboqiy mevalaridir. S.Smayls.
Kitoblar qarshisida jamiki narsalar nursiz bo’lib qoladi. A.P.Chexov
Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig’idir. J.Adison.
Qayd etilgan
Robiya
11 Noyabr 2007, 12:42:24
Biz kitob tufayli insoniyatning buyuk mutafakkirlari bilan muloqotda bo’lib huzurlanamiz va bu aloqa vositasidan har birimiz ham foydalanishimiz mumkin. U.Chenning
Kitoblar bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma’naviy vasiyati, nuroniy keksaning hayotga endi qadam qo’ya boshlagan o’smirga pand-nasihati,dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug’idir. A.I.Gersen
Qayd etilgan
AbdulAziz
12 Noyabr 2007, 08:37:36
Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
Amir TEMUR
Qayd etilgan
Robiya
06 Fevral 2008, 12:26:45
Kunlardan bir kuni Luqmoni Hakimdan: «Shuncha ilmni qanday to'pladingiz», deb so'rashibdi. Shunda donishmand: «Kitob o'qiyotgan paytlarimda yondirgan chiroq moyini hisoblang, uning qiymati yeb-ichgan narsalarimdan ko'proqdir», deb javob bergan ekan.
Qayd etilgan
Robiya
18 Fevral 2008, 17:03:42
Kitoblar bilan xilvatda o'tirish - nodonlar jamiyatida bo'lishdan yaxshidir. P.Buast
Qayd etilgan
Nurdinboy
17 Yanvar 2011, 10:55:13
"Китобни асраб варақлаш, имкон қадар бир очишда керакли саҳифани топиш ва зарур бслгандагина китобни варақлаш ҳам китобни улуғлашга киради. Китоб саҳифаларини варақлашда унинг варақларини ғижимлаб, буклаб, туфлаб варақлаб ножоиз ишдир. Зеро, китобни улуғлаш, илмни улуғлаш скан, китобхон китобни ҳар вақт таҳорат билан ушламоғи керак. Шайхулислом Имом Ҳалвоний: "Мен бу илмга фақат уни ҳурмат қилиб сришганман, бетаҳорат китобга сқин келмас сди", деганлар. Шайхулислом устоз Бурҳониддин Марғилоний шундай ҳикос қиладилар: "Бир фиқҳ олими сиёҳдонни китоб устига қсср скан. Шунда у зотга қараб форс тилида: "Бар на ёбий (съни ссмайсан ва камол топмайсан)", дедим".
Имом Зарнужий
Qayd etilgan
Chop etish
1
2
3
4
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc