Endi o'yinimizni boshlasak...
Birinchilardan bo'lib shu mavzuning ochilishiga sababchi bo'lgan, forumimizning
eng faol ishtirokchishi - ChehMik birodarimizni nomzodini qo'yishga qaror qildim.
Qani o'zini sinab-ko'rmoqchi bo'lganlar bormi?
ChehMik - ...
Real hayotda ko'rmagan insonga ta'rif berish bu juda ham qiziq g'oya ! Faqatgina ta'rif berayotgan insonni xafa qilib quymasak, albatta !
ChehMik birodar:
Menimcha yoshlari 21-26 atrofida.Forum orqali u kishi haqida ikki ma'lumotni bilganman, u kishi asli Qashqadaryodan va hozirgi kunda Chexiya davlatidalar. Menimcha Qarshi yoki Shaxrisabz shaxridan bulsalar kerak, Chexiyada esa o'qiydilar va shu bilan birga ishlashlari ham mumkin.
Kasblari:arxetekturaga yaqinroq shekilli, lekin ofis xizmatchisilar.
Nomlari "ChehMik":Cheh-tushunarli,Mikni uncha tushunmadim,menimcha Chehiyalik yoki Chexiyada degan ma'nolarni bildirsa kerak.
Xarakterlari:quvnoq,bu hayotda o'zlarini hech qachon xafa qildirib ham, xafa qilib ham quymaydilar.
Dunyo qarash:forumda ko'p mavzularda post qoldirganlariga qaraganda juda keng va hurmatga sazovor.
Ilm darajalari:barcha sohalar haqida ma'lumotga qisman egalar,lekin o'z mutahasisliklari bo'yicha professional bulishga intilsalar kerak.
"Siz manga keraksiz,Man sizga keraksiz..." va "U yashar mensiz va lekin Men tirikman U bilan..."-bu so'zlarga qaraganda sevgi bobida kimdir u kishiga armon, yoki u kishi kimgadir armon bulib qolgandek. Lekin kim bilsin balkim bu "Ilohiy ishq"ga oiddir..... Bularni barchasi haqida janob Chehmikni O'zlari yaxshi biladilar !