O'tkir Hoshimovning Ikki eshik orasi asarini o'qiyotgandim. Lekin to'liq emas ekan, shu sababli to'htab qoldim
Asar to'g'risida biroz mulohaza qilsam...
Kitob juda zo'r yozilgan, o'qigan odam mazza qiladi. Lekin "qora amma" obrazining quyidagi so'zlari ko'nglimga o'tirmadi.
"Jon bolam, jonim bolam, Olloga topshirdim sani,
Ohimga Ollo yetmadi, tuproqqa topshirdim sani."
Sababi, bu misralarni o'qiganda aksariyat o'quvchining qalbidagi iymon susayishi mumkin.
Biroq mana bu jumlalar odamni ancha o'yga toldirarkan:
"Odam o‘zi qo‘rqqan kishisini hech qachon yaxshi ko‘rolmaydi. Qo‘rqdingmi - ishonmaysan. Ishonmadingmi, yomon ko‘rasan."