Otgan kuni oglimni yonimizdagi magazinni ust qavatida joylashgan bolalar lunaparkiga olib borgandim. Oglim ekranda chiqqan manzaralarga top otib oynashni yaxshi koradi. Jetonlarimizni oldik, u yaxshi korgan oyinga yaqinlashdik, u yerda bir ayol, yonida 4-5 yoshli dumaloqqina ogli va yana 2 10-12 yoshlarda bola bor edi. Oyin uchun jeton tashladik, oglim topchalarni ota boshladi, qolganlar ham:) Birinchi oyin tugadi, boyagi dumaloq bola: jeton tashla, dedi menga. Men jeton tashladim, ikkinchi oyinniam tugatdik bolalar bilan birga. Qarasam boyagi bola, jeton yoqmi, deyabdi yana. Onasiyam hech narsa demadi, nima bolsayam jeton pul, 1 avtobus biletini yarim puli. Hayron qoldim...
Qolgan oyinlardayam biroz oynagandan keyin oglim bilan uyga ketaylik, deb parkdan chiqa boshladik, qarasam birovni ovozi kelyabdi baqirgan: Nima tok, benzin bilan ishlaydimi bu? Nima qilibdi oglim ham minsa?
Masala shunday: Uzun qirqoyoq shaklida poyezdchani 4-5 vagoni bor, 1 jeton bilan ishlaydi, lekin qolgan vagonlarga mingan bola ham jeton tashlashi shart, chunki qonunlar shunday. Boyagi dumaloq bolani dadasi! jetonsiz mindiribdi, u yerda ishlaydigan qiz ogohlantiribdi, bolani otasi esa baqiryabdi...
Osha payt tushindim, bolaning nima uchun bunchalar bezbetligini! Qush uyasida korganini qilarkan!