Sevgan insoningga muxabbatingni namoyish etish uchun olamshumul ishlarni qilishing shart emas,deb o'ylayman... Shunday vaqtlar bo'ladiki bir og'iz shirin so'z ham muxabbatni yuksaltiradi. Har kuni tong maxali ishga ketarkanman bir xil manzara takrorlanaveradi. Ishxonamiz oldidagi katta keraksiz narsalar (axlatlar desam sal qo'polroq chiqar) tashlanadigan konteyner bor. Har kuni tong qorong'usida bir kichikkina yuk mashinasi keladi va yoshlari 40dan o'tgan er va yoshi 60larga yaqinlagan xotini (!!!) o'sha konteynerdagi qog'ozli narsalarni makulaturaga topshirish uchun titkilashadi. Juda mashaqqatli ish. Ikki soatga yaqin qiyinchilik evaziga mashinasini qog'ozga to'ldirishadi. Men doim shu er-xotinga xavas qilaman. Biron marta bir-biriga qattiq gapirganligini ko'rmaganman. Ba'zida gaplashib ham qolaman. Unga bir necha marta ismimni aytganman. Qiyinlik qiladi ismimni aytish. Meni oddiygina qilib "O'zbek",deb ataydi. "Farzandlardan nechta?", so'rayman qiziqsinib. "Afsuski, farzandimiz yo'q. Ayolimga tug'ish mumkin emas. Lekin shunday bo'lsa ham u men uchun qadrli",deydi eri og'zidan bug' chiqarkan. "Nimasi qadrli?" deyman yanada qiziqishim ortib. "Chunki u men bilan yasharkan, biror marta ham NOLIMAGAN". Xotini eridan 14 yosh katta ekan. Kambag'al va befarzand bo'lishsa-da, bir-birlariga hurmati va muxabbatini ko'rib, hayratda qoldim. O'zi bilmagan holda menga ajoyib so'z aytib yuborgandi bu amaki... Darxaqiqat, qiyinchilikdan nolimoqlik muxabbatga darz keltirar ekan,degan xulosaga keldim.............