forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim => Umumiy => Forumdoshlar hayoti => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Yanvar 2012, 13:16:12
-
:asl3:
Forumdoshlar, ko'pchiligimiz forumlardan ishimiz, o'qishimiz sabab biroz uzoqlashishni o'ylasak ham bir aylanib yana forumda paydo bo'lib qolaveramiz:)
Siz uzoqlashmoqchi bo'lganingizda qanday yo'l tutasiz?
Bu haqda hamma o'z fikrini bildirsin:)
-
men forumdan uzoqlashish uchun hatto ikki marta telefonimniyam almashtirdim. Befoyda, baribir öz domiga tortyapti:)
-
men forumdan uzoqlashish uchun hatto ikki marta telefonimniyam almashtirdim. Befoyda, baribir öz domiga tortyapti:)
Uka, bu yo'l emas, anti-yo'l:)
-
Buning eng oson, 100% samarali yo'li bor. Ko'zingizni shartta yumasizda, forumga kirib besh-oltita o'zingizga ham yoqmaydigan post qoldirasiz. Qarabsizki, besh minutdan keyin ban bo'p turibsizda. Ishlaringizni bitkazguningizcha ban muddati ham tugab qoladi...
Bu albatta hazil. Eng yaxshi yo'li telefonni oddiysiga almashtiring, kompyuterda kiradigan bo'lsangiz modemni bir haftaga biror do'stingizga sovg'a qiling, bo'ldi.
-
Eng oson yo'li telefonni oddiysiga almashtiring
bölmadida... Sinab körmaganim ban olish qoldi ;D
-
E, menday ishi kompyuter, internetda bo'lganlar nima qilsin unda:)
-
Eng oson yo'li telefonni oddiysiga almashtiring
bölmadida... Sinab körmaganim ban olish qoldi ;D
Qanchalik ban kerak:)
-
Qanchalik ban kerak:)
Menga 1 oyga kerak.
Qiladigan ishlarim bor edi.:)
-
boshlanishiga 3 kunga obturaylikchi ):
qanchalik sabrimiz yetarkin...
-
Adashmayotgan bo'lsam Abdulaziz aka bir taklif kiritgan edilar Fikr-mulohazalar damidi? Forumdan vaqtincha ketmoqchi bo'lganlar ularga murojaat qilishadi. Ular esa xoxlovchilarga kerakli muddatga dostupni yopib qo'yadilar. Shunaqa tushungan edim-da :) :-[

Zeynabxon, muhimi ismingiz bilan kirish emas, mehmon bo'lib ham kirmaslik :D

Unada chorasizmiz, chorasiz. :D
-
ovora bo'lasizlar. Mana men yana qaytib keldim. Bu 100 - qaytish ;D. forum tashkil qilingandan beri shu yerdaman. Eng yaxshi usuli antifikrlar bildirib o'tirish.
-
nima qilasizlar ketib,bir yahshi yurippizku ;)
buni "kasallik" deyishsa ishonmagan edim...
ha rost ekan,tuzalishi qiyin "kasallik" : )
-
Eng oson yo'li: haqiqatda bir ish bilan mashg'ul bo'lish. Yoki andisha qilib o'tirmasdan ko'pchilik to'g'ri deb fikr bildirayotgan mavzuga sizning fikringiz mos kelmasa, qarshi fikr bildirish. Shunda balki Siz bilan boshqalarning orasida bahs kelib chiqishi mumkin. Natijada ma'lum vaqtgacha forumga kirishni ham istamay qolasiz.
-
eng kerakli ishim qolib ketyapti hozir.... barbir forumdaman :( :( :(
-
buni umuman iloji yo'q, ishoning.
Xozir net hech kimga muammo emas,
telni sotasizmi , komp ni sotasizmi, modemni bervorasizmi. Barbir kirganizi bilmay qolasiz. Do'stizimi, aka ukangznimi tellaridan kirib qolasiz.
P.s kim ishonch bn aytoladi ,
men forumga umuman kirmiman,mehmon bulib ham kirmiman deb ayta oladi.
(masalan meni qulimdan kemaydi)
-
Mani qulimdan bu ish kelmadi 3 oy kirmadim umuman uylamadimham forum haqida lekin internetdan bir narsa kera bubqoldi shu bahona yana ilakishb qoldim.forum manga jazman bub qoldi
-
Ие, бу ёги кизик булдику. Биз форумга кира олмай халак, сизлар булса кета олмай. Замира опа сизда интернет булса, ишонинг бу бефойда уриниш булади. Барибир узоклаша олмайсиз :D
-
Forumdan uzoqlashmoqchiman deysizmi? Unda to'yib ovqatlaning... To'yib ovqatlanishni forumga kirmaslikka nima aloqasi bor deysizmi? Men qayerdan bilay, o'zim ham shu savolga javob topolmay yuribmanku... Mabodo siz javob topsangiz bizga ham xabar berarsiz...
PS: 3 kun forumga kirmadim, shunga bir post yozgim keldi. Baribir moderatorlarimiz uncha-muncha offtopga indamaydigan ko'ngillari keng insonlar LOL)))
-
eng kerakli ishim qolib ketyapti hozir.... barbir forumdaman :( :( :(
uka sizi bilamiz. Hayotingizni zavqli, qayg'uli, yahshi, yomon kunlarizdayam forumni tark etmagansiz.
P.s bu dunyo ishi tugamaydi
-
Barchangizni irodangiz yetadi forumdan uzoqlashishga, o`zlaringdagi yashirin kuchni payqay olmayapsizlar xolos:)
-
:asl3:
Ko'pchilik, ban bo'lib yoki yomon gap yozib ketishni tavsiya etibdi, ohoooo, men u holatda umuman boshqa narsani o'ylay olmayman, forumda bazan totsiz gap-so'zlar bo'lganida ikki xayolim forumda edi ;D
Yana fikrlarni kutamiz nachora:)
-
Manimcha ham aniq bir ish bn mashg'ul bo'lish.
Uy yumushlri emas, aynan sizga qiziq bo'lgan biror narsa bn mashg'ul bo'lsangiz vaqtincha bo'lsa ham uzoqlashasiz.
Shaxsan man shunaqa qilaman.
Hali o'rganishim kere bo'lgan ishlar-xunarlar juda ko'p, baxonada ularni ham bilib olaman.
-
Slani bilmadimu man uylanganimdan krishm kamaysa kera 1. 2 ylga hech bulmasa.kunduzi ishta bulaman.. ;D
-
Forumda 5-6 yillik kuzatuvladan kelib chiqqan holda o'z fikrimni bayon etadigan bo'lsak, oilalila farzand ko'rishgach automatic ravishda uzoqlashadilar :) so'qqaboshlar esa uylangach uzoqlashishadi, qizlar ham oilali bo'lishgach uzoqlashishadi, faqat Belle bundan mustasno :)))
-
Tekin maslahat, eng oqilona yo'l!
Biror kimsani hizmatga yollaysiz. Uning hizmati shundan iboratki, siz qachon kompyuterdami, telefondami forumga kirmoqchi bo'lsangiz, boshingizga bir urib qo'lingizdan tortib olib qo'yadi o'sha narsani. Doimiy nazoratda yurasiz. Huddi kasal odam doimiy nazoratda ushlanganday. Uni hohlaganingizcha atang, hizmatchi deysizmi, soqchimi, hamshira yoki doktormi - o'zingizning ishingiz. Faqat oylik maoshi 500$ dan kam bo'lmasin va oldindan to'lansin, yo'qsa samara bermasligi mumkin.
;) :) :D
-
forumdan uzoqlashish shuncha qimmatga tushsa, yaxshisi bu yerda qorovullik qila qolay :D

P.s: hahaha undan ko'ra o'sha 500$ ni o'zimga-o'zim berib,o'zimga o'zim qarab yururaman ;-D
-
forumdan uzoqlashish shuncha qimmatga tushsa, yaxshisi bu yerda qorovullik qila qolay :D
Qo'shilaman!
-
E undan ko'rasi tanlov o'tkazvorila, kim forumga uzoq mudat kira olmaydimi digan, sovg'asiyam bo'sa talabgorla ko'payadi. :)
-
Tovba...
Hamma forummi maqtagan: forum zo'r, ajoyib, forumga kasal bo'pqoldim, forum o'ziga tortaveradi, forumni nuri bor ziyosi bor... Qattaaa...
Forumdan ham muhimroq narsalar borligini bilganizda forumga kirgiz kemi qoladi.
Yoshda, tog'asi, yosh. Katta bo'p qolar, qo'ying endi...
-
Tovba...
Hamma forummi maqtagan: forum zo'r, ajoyib, forumga kasal bo'pqoldim, forum o'ziga tortaveradi, forumni nuri bor ziyosi bor... Qattaaa...
Forumdan ham muhimroq narsalar borligini bilganizda forumga kirgiz kemi qoladi.
Mayli uka, joniz sog' bosin tinch bosayiz boldi:)
-
uzr :-) paxtani ko'pro qo'yvaripti, ehtirosga berilgan-daaa
-
:asl3:
Odamni ishi jiddiy bo'lsa, vaqti tig'iz bo'lsa, o'zidan o'zi uzoqlashib qolarkan:)
yaqinda sinadim buni:)
-
forumda Quron busa ,hadisla busa, hullas nima qidirsangz busa, qanday uzoqlashasiz
-
Shundoq ham ko'pchilik uzoqlashib ketishyapti, bu mavzuga hojat ham qolmadi..........
-
Shundoq ham ko'pchilik uzoqlashib ketishyapti, bu mavzuga hojat ham qolmadi..........
Men hali ham uzoqlasha olmadim:)
-
men bu fikrlarga qo'shila olmiman uzoq vaqt mobaynida forumni mehmon sifatida kuzatdim. Oxiri chiday olmay ishtirokchi sifatida kirdim. Endi esa umuman bu yerni tark etgim kelmayapti
-
men bu fikrlarga qo'shila olmiman uzoq vaqt mobaynida forumni mehmon sifatida kuzatdim. Oxiri chiday olmay ishtirokchi sifatida kirdim. Endi esa umuman bu yerni tark etgim kelmayapti
Sizga ham tilagimiz uqozlashmang, unda:)
-
men bu fikrlarga qo'shila olmiman uzoq vaqt mobaynida forumni mehmon sifatida kuzatdim. Oxiri chiday olmay ishtirokchi sifatida kirdim. Endi esa umuman bu yerni tark etgim kelmayapti
Сенисм даволашади.... ;D
-
man yangiman xalli bilamaganlarimini orgatasizlar degan umidaman
-
man yangiman xalli bilamaganlarimini orgatasizlar degan umidaman
O'rgatmasak ham uzoqlashib bo'libsiz-u ;D
-
men hudoga shukr bir kunda 3-4-marta kiraman kompda bo'lmasa telefonda,telda bo'lmasa kompda baribir kiryapman.
-
:D internet kasalligi borligini aytishsa hech tasdiqlay olmasdim, lekin hozir bu mavzuni öqib chiqib bu haqiqatda jiddiy muammo ekanini tushundim. Öylaymanki, internetdan tög'ri yölda foydalana bilsak biz kasal emasmiz! Bölar-bölmas gaplar va ishlarga doimiy berilib ketish esa kasallikdir. Vaqtincha tark etishni istaganlar uchun bir g'alatiroq taklifim bor (lekin sinab körmaganman). Özingizni ishontirasiz: "manga hech kimni közi uchib turmayapti, gaplarim hech kimga yoqmaydi, internetda ortiqchaman" kabi g'oyalar bilan. Chunki, öziga yuqori baho berishlik ham fanatizm kasalligini keltirib chiqazadi! Mayli, sinab körganlar bir necha oylardan keyin kelib natijasidan bizni boxabar qilib qöyishar. :D Lekin badar ketmanglar. Allohga omonat!
-
bu fikr o'zini reklama qliw maqsadida post qoldiradiganlar uchun, brovni ko'zi uchishini hohlaganlar uchun as qotadi, lekin bunaqa forumchilar bo'sa, shunaqa odatlaridan uyalib uzoqlashsa insofdan boladi . V.a.
-
:asl3:
Mavzuni asl maqsadi- forumdan biroz uzoqlashmoqchiman, deganlarga yordam berish edi azizlar:) har kuni kiraman, desa, mayli otini choptirsin:)
-
Ishlari köpayib ketib ancha muddat körinmay qolish bu normal holat. Lekin ishlari har qancha köpaysa ham, kerak bölsa uyqudan ham voz kechib internetdan zarracha uzoqlasha olmayotgan förumdoshlarga rahmim kelib yuqoridagi taklifimni yozdim.
Yana bir taklif (fikr) paydo böldi: Uzoqlashayotgan odam yozsin: ishlarim chiqib qoldi, 2 oy aniq kirolmayman! Vaqtincha hayr, alvido!.., deb.
Manimcha keyin bu odam shu vaqt oralig'ida kirib körishga uyalsa kerak..

Bir birodar sizni tingladilar shekilli...