Bola-ona mehriga har doim zor
Kecha o'g'limni uyqu payti kelib qolgandi. Uyqusi kelgan payt judayam injiq bo'lib, sal narsaga yig'layveradi. Oshxonada ishim bo'lganligi uchun 1-2 daqiqaga uni yolg'iz qoldirdim. O'g'limni yoniga kelganimda xuddi bir joyi og'riyotganday dod solib yig'lardi. Uni ko'tarib, yotqizish uchun belanchagiga soldim.
5-10 daqiqa tebratdim, biroz uxlaganday bo'ladi, yana dod solib yig'layverdi.
Oxiri bo'lmadi, o'g'limni bag'rimga bosib, unga shirin so'zlar aytdim, erkalab o'ptim. O'ynatdim, kuldirdim. Shundan keyingina yig'isini unutdi. Belanchakka solganimda o'ziga o'zi alla aytib, uxlab qoldi.
Uni bu holini ko'rib ko'zlarim to'ldi. Oh bolam, qanchalar mehrga zorsan. Mendan arazlading, deb yuragim pora pora bo'ldi...
Bola gulday, mehr-shafqat bermasak so'ladi, qoladi, Alloh saqlasin...