Tayyorlanishi:1 stakan bulgurga 1 stakan qaynab, biroz sovugan suvni solib, aralashtiring va ustini yopib, 30 daqiqa bulgurni shishini kuting.
Vaqt otgandan keyin bulgurga qolgan kotlet masalliqlarini aralshtirib, xamir qoring, xamir qorayotganda oz ozdan iliq suv toking. Men tahminan 0,5 stakan suv qoshdim.
Xamirdan fındık kattaligida bolaklar olib, dumaloq shakl bering va ortasidan bostiring. Dumaloq kotletlarni kattaroq idishga bir-birini bosmaydigan shaklda terib chiqing.
Kengroq qozonga 6-7 stakan suvni solib, qaynating, ichiga 0,5 limonni suvini siqing. Kotletlarni yarmini suvga soling. Tahminan 15-20 daqiqa qaynagandan keyin suv ustiga chiqqan kotletlarni yaxshilab suzib oling va keng idishga soling.
Qaynab turgan suvga qolgan kotletlarniyam solib, pishirib oling, butun kotletlarni birlashtiring.
Sousi uchun sarimsoqni ezing. Qizgan yogda sarimsoqlarni biroz qovuring, hidi taralsin. Tomatini soling, 1-2 daqiqa qovurib, qirgichdan otkazilgan pomidorlarniyam solib, 5 daqiqa qaynating.
Sous issiqligida kotletlarning ustiga toking. Mayda togralgan petrushkalarniyam kotletlarni ustiga soling.