Ajabtovur faktlar  ( 122557 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21 B


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:16:42

Amerikalik 50 yoshli Natali Savanarello hamma odamlarga o‘xshab spagettini og‘iz bilan emas, burun bilan yeyishni xush ko‘radi. U bu g‘alati usulni  bir qancha yil oldin bolalarga bahs qilib, o‘rganib olgan edi. Endi esa har qanday makaronli  taomlarni burni bilan bemalol «eya» oladi. Natalining aytishiga qaraganda, makaron burnini qitiqlab, tomog‘iga o‘tarkan. Xuddi ana shunisi unga zavq bag‘ishlar ekan.
Doktorlarning xulosasiga ko‘ra, bunday noyob qobiliyat  kamdan-kam kishilarga  nasib etarkan. Chunki shu ishni qilmoqchi bo‘lgan boshqa bir odam bo‘g‘ilib nafas ololmay halok bo‘lishi mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:17:32

Pokistonlik 33 yoshli Xomisa ham burni orqasidan «kun kechirayapti» desak yanglishmaymiz. U har kuni kelayotgan sayyohlar oldida o‘zining «shoh hunari»ni namoyish qiladi, ya’ni ingichka ilonni burnidan tiqib, og‘zidan chiqarib oladi. Bunga jami bo‘lib 20 lahza vaqt ketadi. Bu ishi uchun u har kuni  30 dollar ishlaydi.
Alloh taolo ana shunaqangi burundan ato etsa millioner bo‘lib ketish hech gap emas.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:17:44

Yarim kechada katta yo‘lda yo‘rg‘alab ketayotgan tipratikanni katta tezlikda kelayotgan mashina to‘satdan bosib ketdi. Ammo haydovchi mashinadan tushib qarasa kirpivoy hali tirik ekan. Uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizdi. Axir, Angliyada bemor tipratikanlar davolanadigan 200 o‘rinli shifoxona bor-da!

***

AQShning Texas shtatida ilonxo‘r qushlar ancha tadbirkor ekanlar. Uyalari iflos bo‘lganini sezib qolishsa, yegani olib kelgan ilonlarni uyalariga qo‘yib yuborishar ekan. Ilon jahl bilan uyadagi barcha chiqindilarni yamlamay yutishga tusharkan. Qarabsizki, uya yog‘ tushsa yalaguday top-toza bo‘lib qoladi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:18:09


Omadmi  yoki...

Hindistonlik 70 yoshli  Gauri Banerji ismli odam 25 yildan beri ko‘rmas edi. Bir kuni eshik kesakisiga  boshini qattiq urib olgach, u ko‘ra boshladi. Ammo, buni qarangki, kuchli zarb natijasida  bechora kar bo‘lib qoldi. Lekin, bundan ruhini tushirmagan janob Banerji garanglik ko‘zi ojizlikdan ko‘ra afzalroqdir, dedi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:18:26

Qimmatga tushgan benzin

Germaniyalik parishonxotir haydovchi mashinasiga yonilg‘i quygach, benzin uzatuvchi pistoletni  bakdan chiqarishni unutdi. Buning natijasida avtomobil benzakalonkani  10 metr masofaga sudrab bordi. 30 litr benzin esa  omadsiz haydovchiga  3 ming dollarga tushdi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:18:43

Ketma —ket shodiyona

Nyu-Yorklik Koos nomli oilada 26 iyul eng quvonchli sana  hisoblanadi. Chunki, oila rahbari, uning xotini va qizi aynan shu kunda tug‘ilishgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu hol har 133225 ta oilada bittaga to‘g‘ri kelarkan.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:19:07

Tekin shim

Germaniyadagi kiyim-kechak do‘konlaridan biri o‘ziga xos reklama kampaniyasini o‘tkazdi. Ma’muriyat shimsiz kelgan har bir xaridorga yangi shim  taqdim qildi. Buni qarangki, ko‘chada qish bo‘lishiga qaramay 66 kishi do‘konga shimsiz tashrif buyurdi. Lekin, tavakkalchilardan 60 tasi tekin shim bilan birga shamollash kasalini ham «qo‘lga kiritdi».

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:19:24

Mushuklar oroli

Hind okeanidagi Fradjost orolida faqat mushuklar yashaydi. Hind olimlari hanuzgacha  bu sir-sinoat haqida  bosh qotirishadi. 1890 yilda orol yaqinida  kema halokatga uchragan. Qiyinchiliklardan bir amallab chiqib olgan dengizchilar qutqaruvilarni kuta-kuta halok bo‘lganlar. Dengizchilar bilan birga bo‘lgan mushuklar esa hech qanday talofat ko‘rmay  yashab qolganlar. Hozir Fradjost  orolida yashayotgan mushuklar soni 2 mingtaga yetadi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:20:11

Soch ham parvarishga muhtoj

«Yevromonitor» firmasi, tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, norvegiyaliklar sochni  eng yaxshi parvarish qiluvchilar ro‘yxatida  birinchi o‘rinda turisharkan. Undan keyingi o‘rinda yaponlar ekan. Norveglar har oyda sartaroshlarga, sochga zarur moddalar sotib olishga o‘rtacha 46, yaponlar esa 43 dollar sarf qilar ekanlar. Sochiga e’tiborsiz pokistonliklar esa bor-yo‘g‘i 17 tsentgina sarflashadi.

Qayd etilgan


Shahina  06 Dekabr 2006, 22:20:49

Tanzaniya ayoliga ko‘z qismang

Shu paytgacha amerikalik  xotin-qizlargina  shilqim erkaklardan  qonun yo‘li bilan muhofaza etilgan deb hisoblanardi. Amerika qonunlariga ko‘ra  ayolni biror erkak quchoqlasa yoki salgina  tirsagi tegib ketsa, u o‘zini haqoratllangan, deb hisoblab, shilqim ustidan sudga murojaat etishi mumkin.
Yaqinda Tanzaniya hukumati ham ayollar sha’nini himoya qiladigan qonun chiqardi. Unga ko‘ra tanzaniyalik  ayol biror nomahram uning belini ushlasagina  emas, hatto uch marta ko‘z qisib qo‘yysa ham  o‘zini tahqirlangan hisoblab, shilqqim ustidan sudga arz qqilishi mumkiin.

Qayd etilgan