Bola "œboshidan""¦
Xalqimizda bir maqol bor "œBo’ladigan bola boshidan ma’lum" — bu degani bola yoshligidayoq o’zining kelajakda qanday bo’lib kamolga yetishini o’zini tutishi bilan ko’rsatib qo’yishi mumkin.Dono kattalarimiz bolaning o’zini tutishidan u kelajakda qanday inson bo’lib yetishishi mumkinligini tahmin qiladilar,albatta bu tahminlar o’zini oqlamasligi mumkin,lekin ba’zida "œQozonda bori cho’michga chiqadi" - deganlaridek taxminlar ham to’g’ri bo’lib chiqishi mumkin. Baribir nima demaylik bola baribir bola.Kichkinaligida hamma bola sho’x,o’yinqaroq,qiziquvchan bo’ladi.Ayniqsa qiziquvchanlik kichkina bolalarda haddan tashqari kuchli bo’ladi."Manavu nega qiyshiq,nega quyosh sariq,nega sigirri shoxi bor?" bu "œnega"larni eshitaverish ba’zan jonimizga tegib ketadi va shunga"bor ko’chaga chiqib o’yna"yo bo’lmasa"jimgina televizor ko’rib o’tir" — deb bu qizquvchan bolalardan qutilishga harakat qilamiz."Hali bolada,ko’p narsani tushunmaydi".Ha to’g’ri bolalar kichkinaligida ko’p narsani tushunmaydi,ko’p narsaga aqli yetmasligi mumkin,lekin aynan kichik yoshligida bolalar kattalardan ko’p narsani o’rganadilar.Chunki bu paytda bola miyasi hech narsa yozilmagan daftarning birinchi betiga o’xshab toza bo’ladi.Va albatta daftarning birinchi betiga yoziladigan narsani bolalarga biz kattalar o’rgatib qo’yamiz.Ba’zida bilib,ba’zida bilmay.Endi yozishni o’rganayotgan 1-sinf bolasi qo’liga daftar va qalam berib qo’yib yoz desangiz,bola yoza oladimi? Yo’q albatta.Unga ustozi yordam berib nimani,qanday yozish kerakligini o’rgatmasa bola hech narsa yozolmaydiganga o’xshab yosh bolalar ham birinchi navbatda kattalar qilayotgan ishlarni ko’rib,ulardan o’rnak olishga harakat qiladilar.Bola bu paytda nima yaxshi,nima yomon ekanligini farqiga bormay kattalarga taqlid qilaveradi.O’zining qurbi yetmasa ham kattalar qilayotgan ishlarni qilishga harakat qiladi,kattalar og’zidan chiqayotgan har bir gapni diqqat bilan eshitib,kerak bo’lsa so’zma-so’z qaytarib ham beradi.Shuning uchun yosh bolalarni beodob so’zlarni qayerdan o’rganishiga hayron qolmasak ham bo’ladi.Chunki ularning ustozlari o’zimiz bo’lamiz.Agar bolalarimiz biron-bir yomon odat,yo yomon ish qilishni o’rgansa avvalo o’zimizga bir yaxshilab razm solishimiz kerak.Men bunday yomon gaplarni gapirmayman,meni bunday yomon odatlarim yo’q deb o’zingizni oqlashga shoshmay turing.Chunki bu narsani bolalaringizga siz o’rgatmasangiz,bu ishni beminnat amalga oshiradigan televizor bor.Ha,ha ishonavering.O’zingiz bir o’ylab ko’ring ota-onasi ishdaligida bola yolg’iz qolsa nima qiladi?Mayli ozgina kitob o’qir,o’rtoqlari bila xar hil o’yinlar o’ynar.Lekin hozir bunaqa paytda bolalar ko’proq televizor degan "œdo’st"lari bilan yaqin bo’lib ketishyapti.Ha televizor yaxshi "œdo’st"da,bola nima desa "œho’p" deydi.Bolaga hech qachon mana buni ko’rma,mana buni ko’r demaydi.Siz ishdan xorib kelganingizda esa,bolangiz miriqib uxlayotgan,yo bo’lmasa kun bo’yi televizor ko’raverib charchab siz bilan biroz vaqt birga bo’lishga ham holi qolmagan bo’ladi.Ba’zida esa ota-onalar xorijiy seriallar ko’rib o’tirganda bolalar ularga sherik bo’lishadi.Serialga qiziqib ketganimzdan bolani ham sedan chiqrib qo’yamiz.Serial tugaganidan keyin esa"Iya,haliyam uxlamadingmi?Bor xonangga kirib yot"- deb bolalarga uxlash kerakligini eslatib qo’yamiz.Bola bechora kunlarini televizor qarshisida o’tirish bilan o’tkazadi.Keyin esa bolalarni maktabga berganda bolalarni o’zlashtirishi pastligidan xayron qolamiz."Hali bolada,endi maktabga chiqqan bo’lsa" degan fikr xayolimizdan o’tadi.Lekin bolaning o’zlashtirishi yuqori sinflarga chiqqanda ham,shu ahvolda davom etsa,"hali bolada,katta bo’lganda aqlini yig’ib olar" — deymiz o’zimizga.Lekin afsuski kech bo’lganini bilmaymiz.Bola buyog’iga o’zi moslashgan qolibda qolib ketishini o’ylamaymiz.
Agar daraxt niholligida qiyshiq bo’lsa,uni to’g’irlab qo’yish kerak.Shunda daraxt tekis,chiroyli va to’g’ri o’sadi.Agar daraxt qiyshiq bo’lib o’ssa,uni to’g’irlab bo’lmaydi.Unga tirgovich tirab qo’yishingiz mumkin,lekin bu bilan daraxt to’g’ri bo’lib qolmaydi.Bolalarda ham shunday.Biz ularni hali kichkina deb yurganimizda,ular o’zliklarini topib olgan bo’ladilar.Katta bo’lib qolganlarida esa,bolalarning bu o’zliklarini o’zgartirish oson bo’lmaydi.Buning deyarli iloji yo’q.Chunki bolaning o’z dunyoqarashi shakllanib bo’lgan.Uning atrofidagilar esa go’yo uni tushunmayotgandek tuyulaveradi unga va bola yaqinlaridan uzoqlashib boraveradi.Xar hil kichik kamchiliklar,kichik xatolar oqibatida bola to’g’ri yo’ldan adashib,hayot so’qmoqlarida hali yengib o’tishga qodir bo’lmagan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.Bola xatoga yo’l qo’yganda esa kech bo’lgan bo’ladi.Bo’lgan ishdan keyin "œnega" degan savol berish befoyda.Chunki bu savolga javobni bugundan emas,o’tmishdan izlash kerak bo’ladi.Bunday paytda esa biz taqdirdan nolishdan boshqa ishga yaramay qolamiz afsusuki.
Yuqoridagi "œBo’ladigan bola boshidan ma’lum"maqolidagi "œboshidan" so’zida juda katta ma’no yashiringan meni fikrimcha.Bola aynan shu "œboshidan" ya’ni kichikligidan o’zi uchun kerak-keraksiz bo’lgan hamma ma’lumotlarni o’ziga singdirib,kattalar yordamida ularni yaxshi-yonomga ajratadi.Asosan kattalar biron-bir ishni ko’p marotaba takrorlashsa bolalar ham shunday qilishga harkat qilishadi.Ularga bunday qilma deb og’izni og’ritishni foydasi yo’q. "Ot izini toy bosadi"deganlaridek,bolalar ham qilayotgan ishlarida kattalarga ergashadilar.Shunga bolalarga kichkinaliklaridanoq e’tiborli bo’lib to’g’ri yo’lga solishimiz kerak.Va aynan shu joyida mana shu "œboshidan" qayerdan boshlanishini yaxshilab anglab yetmog’imiz kerak.Shu o’rinda bir hikoyat keltirsam: "œBir ota-ona farzandli bo’lishganliklaridan so’ng,bola uch oylik bo’lganida bir donishmandning oldiga borishibdi va donishmanddan "œFarzandli bo’ldik,farzandimizga tarbiya berishni qachondan boshlaylik — deb so’rashibdi.Shunda donishmand "œFarzandlik bo’lganingizga qancha vaqt bo’ldi? — deb so’rabdi."Uch oy — beb javob berishibdi ular.Shunda donishmand "œFarzandga tarbiya berishda uch oyga kechikibsizlar — degan ekan."Bundan ko’rinib turibdi-ki bolalarga tarbiya berishni tug’ilganlaridanoq boshlash kerak desak mubolag’a bo’lmaydi.Ularga yoshliklaridanoq to’g’ri yo’lni topishga yordam berib yuborsak,kelajakda biz orzu qilgandek yurtiga,ota-onasiga beminnat hizmatda bo’ladigan, aqlli,odobli bola bo’lib kamolga yetadilar.Bolalarimizga e’tiborli bo’laylik,chunki shu bolalar yurt kelajagidirlar.