Assalomu alaykum
Rasmlarni hammasini ko'rib chiqdim. To'g'risi qoyil qoldim, Kapalak opa, shu rasmlar ichida sizning oilangizning ham dasturxoni bor-a? Qo'llaringiz umuman dard ko'rmasin, Allohning sevgan bandasi ekansizki, shuncha mahorat egasisiz!!!
Bir ovqatlanishga shuncha taomni tayyorlashga qanday ulgurasiz,Kapalak opa? Biz bir xil taomni tayyorlashga bazo'r ulguramizku?
Yana qiziqqanim shuncha taomni uvol qilmasdan qanday yeysizlar, yoki oila ko'p kishilimi? Bizda chunki ko'p hollarda achib uvol bo'ladi, keyin bizni ichimiz achiydi
Yana bir bor - dasturxonlarga gap yo'q!!! Alloh rozi bo'lsin.
V.assalom Zamiraxon. Diqqaat-e'tiboringiz uchun katta rahmat. Ha bazi rasmlarni o'zim olganman:)
Ovqatlarga kelsak, qaynonamlar bilan yaqin turamiz. Ko'p ovqatni ular biznikiga keladigan kunlari pishirar edim, o'tgan zamonda chunki xozir kichkintoy bor bilasiz, unchalik ko'p mehmon chaqira olmayabman:)
Bizni birgina palovimizni Turk qardoshlar 2-3ga bo'lib pishirishgani uchun ham ovqat soni ko'pday tuyuladi:) Garchi bu xazilroq gap, rostdan ham 2-3 qozon albatta gazni ustida bo'ladi. Sho'rva albatta shart, bizni sho'rvaday emas, oddiygina, oshqozonga avvalo suyuq kirishi uchun:) O'rtada suyuq ovqat, yonida garniri bilan. Bu guruch yoki makaron bo'lishi mumkin. Salat ham albatta dasturxonda joyini oladi:)
Hullas shuday davom etaveradi...