O’lim farishtasi bilan uchrashuv onlaridagi hasrat
Ash’as ibn Aslam deydi; «Ibrohim alayxissalom o‘lim farishtasidan so‘radi:
— Ey o‘lim farishtasi! Bitta jon mashrikda, bittasi mag‘ribda bo‘lsa, yer yuzida vabo o‘lati tarqalsa, qaerlardadir ikki qo‘shin to‘qnashsa, shuncha odamlarning jonini qanday olasan?
— Olloxning izni bilan ruxlarini chaqiraman. Ular darxol mana shu ikki barmog‘im orasida hozir bo‘lishadi.
Keyin yer o‘lim farishtasi oldida lagandek aylantiriladi. O’lim farishtasi uning ichidan xohlagan jonni sug‘urib oladi...»
Vahb ibn Munabbih hikoya qiladi: «O’tgan podshohlardan biri qaergadir sayohatga otlandi. Yurish oldidan u o‘ziga hammani hayratga soladigan kiyim keltirishlarini buyurdi. Olib kelingan kiyim podshohning didiga o‘tirmadi. Darhol bundan ham yaxshirog‘ini keltirishlarini buyurdi. To hayratdan yoqa ushlaydigan darajadagi ajabtovur kiyim keltirgunlaricha bu hol davom etdi. Podshoh ulovni ham shu talab bilan tanladi. Har safar ko‘rsatilayotgan otlarni qaytarib, yanada chnroyliroq yanada xushbichimroq ot keltirishlarini buyuradi. Nihoyat, podshoh antiqa kiyimlar kiyib, eng chiroyli ot ustiga mindi. O’sha paytda Iblis uning burniga dam urdi, podshohning ichi kibrga to‘ldi. Endi uning ko‘zi ko‘r bo‘lib, na atrofdagi otliqlarni, na yo‘ldagi odamlarni ko‘rardi.
Shu payt uvada kiyimda, holi xarob bir kishi yo‘l o‘rtasiga chiqib, podshohga salom berdi. Podshoh uning salomiga alik olmadi. U otning jilovidan ushlab, yo‘lga ko‘ndalang turib oldi. Shunda podshoh:
— Jilovni qo‘yvor! Qattiqjazoga munosib ish qilyapsan,-dedi unga g‘azabnok.
— Senda hojatim bor,- dedi u podshohga.
— Sabr qil otdan tushay.
— Yo‘k, hoziroq, shu hojatimni ravo qilasan. Podshoh ulovning jilovini unga topshirishga majbur bo‘ldi va:
— Ayt xojatingni,- dedi.
— Bu sir!
Podshoh boshini egib unga kulog‘ini tutdi. U sirni ochdi:
— Men o‘lim farishtasiman!
Podshohning rangi o‘zgarib, tili kalimaga kelmay qoldi, Keyin o‘ziga kelib:
— Fursat ber, ahlimni oldiga qaytib, omonatlarimni ado qilay,- dedi o‘lim farishtasiga.
— Yo‘q, Ollohga qasamki, endi sen ahlingni ham, qoldirgan mol-dunyoyingni ham hech qachon ko‘rolmaysan,- dedi o‘lim farishtasi va uning jonini oldi.
Podshoh kurigan yog‘och kabi yerga kuladi.
Keyin o‘lim farishtasi shu ahvolda mo‘min bandasiga yo‘liqdi, unga salom berdi. Mo‘min banda uning salomiga alik oldi.