Xorazmda kelinlar kattalar bilan so’rashmoqchi bo’lsalar, tizzalariga qo’lini qo’yib, egilib ta’zim qiladilar. Mutlaqo "œsalom" so’zini aytmaydilar. Qadimda kelinlar hatto yetti yashar qo’shni bolaga ham ta’zim qilishgan. Yillar o’tishi bilan bu unut bo’ldi. Hozir yoshi katta qo’ni — qo’shnilarga, qarindosh — urug’largagina ta’zim qilishadi.
Qo’shnimiz Oymonjon opa ellikka kirdi. Yaqinda nevara ham ko’rdi. Diqqatga sazovor tomoni shuki, ko’chadagi keksalarga hamon egilib salom beradi.
To’ng’ich kelinoyim onam bilan roppa — rosa o’n yil so’zlashmadi. Kattasidan o’rnak olguvchi yangalarim ham an’anaga amal qilishdi. Oilada kichkintoylardan biri bo’lganim uchun doimo "œtarjimonlik" qilishga to’g’ri kelardi. Goho qo’rsligim tutib, "œBiyi, endi boshqa tarjimonlik qilmayman, o’zingiz gapirib qo’yaqoling", derdim. Onam kelinoyimga gapiraveringlar"¦ men roziman, deyishsa-da, hurmat yuzasidangina "œchurq" etishmadi. Shundan so’ng kelin bo’lsam albatta gapirganim bo’lsin deb qasam ichganman, lekin qayoqda deysiz. "œQush uyasida ko’rganini qilarkan", bundan tashqari o’zingiz ham uyalarkansiz.
Xullas, ko’pgina xonadonlarda bu udumga qat’iy amal qilishmoqda. Qishloqdan shaharga tushgan kelinlar ham an’anaga rioya etishyapti.
Urganch fuqarolik holatini qayd qilish bo’limiga nikohdan o’tishga kelgan yoshlar — kelin-kuyovlar bilan ana shu mavzuda suhbatlashdik. Natijada bir savolga besh xil javob oldik.
Iroda: Albatta, urf — odatlarga bo’ysunish kerak. Kelin shu bilan chiroyli-da. Qaynlarning ruxsati bilan gapirishim mumkin.
Xushnudbek kuyov: Men ham so’zlashmaslik tarafdoriman. Oilada gap — so’z kamroq bo’ladi.
Dildora: Qaynonam nima xohlasalar shu bo’ladi. Menga qolsa so’zlashgan bo’lardim.
Gulchehra: Ammamga kelin bo’lyapman. Bu to’g’risida o’ylab ko’rmagan ekanman. Kelinlik hayoti boshqacha bo’ladi. Bizdan iboli, iffatli bo’lish talab etiladi.
Sayyora: Kelinlikning eng chiroyli udumi — so’zlashmaslik. Bu esa qaynlarga hurmat demakdir. Uyda kelinning sasi baland chiqmasligi kerak. Yo’qsa, bu kattalarga hurmatsizlik sanaladi.
O’zbekona hayo, ibo va nafosat kelinchaklarimiz qalblariga jo bo’lganligini his qilishimiz qiyin emas. Shunga xursand bo’ldimki, yoshlarimiz millatimizga xos an’analarni hurmat qilisharkan. Zotan oilada gapirish yoki gapirmaslik muhim emas. Muhimi qaynona va kelin o’rtasidagi munosabatlarni sog’lomlashtirish, oiladagilarning bir — birlarini tushunib, hurmat qilib yashashidir. Oiladagi totuvlik, o’zaro hurmat va mehr — muhabbat farzandlar tarbiyasiga, ular kamolotiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini unutmaylik. Shirali so’z, ochiq ko’ngilik bilan tinch — totuv yashash har bir kishining o’ziga bog’liq. Dilbar Bekjonova., "œTurkiston" gazetasi, 1994 yil, 28 dekabr