Rossiyada "Лусть говорст" digan ko'rsatuv bor. Ko'pchilik bilsa kerak.
Shu ko'rsatuvda kecha "Maugli odamlar" haqida gap ketdi.
Bir oilada bir bolakayni hayvondek "tarbiya" qilishgan... na ovqatlanish odobini biladi, na gapirishni biladi...
Bunaqa misollardan ko'p keltirildi...
Eng ta'sirlisi bir bolakay bolaligidan itni uychasida katta bo'lgan ekan.
Odam boqa olmaganni it boqibdi. 6 yoshigacha itning katalakdek uychasida katta bo'lgan bu bola, huddi itdek vovillar, to'rt oyoqlab yurarkan.
Bu bolakayni yosh oila boqib ODAM qilibdi. Odamlarga o'xshab yurishni, gapirishni o'rgatibdi.
Bu bolakaydan tashqari yana 6 ta qiyin oilalardan deddomga berilgan bolakaylarniham o'z tarbiyalariga olgan ekan bu oila.
Rosti ko'rib yig'lab yubordim.
Bu oilaga qoyil qolmaslikni iloji yo'q.
Bizlar bola boqib olishgada qancha ikkilanamiz.
Bu ayol esa oddiy deddomdagi hamma qatori bolani emas, balki qo'pol qilib aytganda "hayvonni" boqib olib ODAM qilibdi.
Xozir bolakay 10 yoshda, maktabga borayotgan ekan. Gapirishga qiynalayabdi, lekin gapirayabdi... vovillamayabdi...
Odam bolasini odam o'rnida, o'z bolasi o'rnida ko'rolmayabdi, hayvon esa o'z bolasidek uni boqqan. Rosti MAUGLIga havasim kep ketti bu bolalarni ko'rib...
Maugli u qadar hor emasdi...