Behzodbek:
Yozganlarizdan judayam ta'sirlandim, xuddi menga qarata aytilayotgandek, qo'rqib ketdim.
Ha, o'limga tayyorgarlik ko'rmayapmiz. Hammamiz musulmonmiz, deb jar solamiz, hatto, o'lim nima, undan keyin nima bo'ladi, juda yaxshi havas qilgulik ilmga ham egamiz. Lekin amal-chi?
Ba'zan o'zimning ahvolimga qarab o'zimga-o'zim savol beraman?
Xudo bormi? Bor.
Unga ishonasanmi? Ishonaman.
Qabr azobidan, Qiyomat dahshatlaridan, Jahannamdan xabaring bormi? Bor.
Allohning gunohkorlarni jazolayman, degan so'zi bor, bilasanmi? Bilaman.
Yuqoridagilarning haqligiga zarracha shubhang bormi? Yo'q.
Unda nega butkul o'zingni Haqqa topshirmaysan? Nima yurish bu? Agar zarracha shubhang bo'lmasa, seni komil Islomda yashashdan nima to'syapti? Nega hanuz amallaringda, o'y-xayollaringda johillikning asoratlari mavjud?
Bilmayman.
Mening ruhim g'alati. Bir iymon zavqidan to'lib toshadi, bir gunohga o'ralib, xomush tortadi, hatto bu dunyoni tark etgisi keladi.
Inson ojiz, Alloh xohlamasa, u hech narsa qila olmaydi, hech narsa. Zalolatga ketish hech narsa emas, lahzada iymondan ayrilib, tandan jon chiqib murtad bo'lib o'lib ketish ehtimoli yo'q emas. Qalb o'zgaruvchandir. Lekin Alloh bor ekan, u mo'minlarni hifz etadi. Men o'zimning ojizligimni, haqirligimni his qilganim sari Allohning buyukligini, azamatini yanada tanib boryapman.
Men namunali musulmonman, deyolmayman. Men bilgan ilmimga yarasha yashay olmayapman, men gunohkorman. Lekin umidim shuki, bular behikmat emas. Men haqiqiy muslim bo'lib yashashni xohlayman. Men Alloh nima buyurgan bo'lsa, shuni bajarishni, nimadan qaytargan bo'lsa, undan qaytishni istayman. Men yaxshi odam bo'lishni xohlayman.
Tushkun kunlarimning birida "Love of Allah"ni o'qidim. U menga qattiq ta'sir qildi. Ehtimol, menga tuganmas iroda ato etdi. Men bilamanki, Alloh G'ofurdir, Rohiymdir. U meni kechirishga Qodir.
Men kimman o'zi? Yo'q edim, Alloh xohladi, yaratildim. Qarang, Alloh Behzod degan bir bandamni yarataman, deb qasd qildi, va meni yaratdi, menga faqat o'zimgagina xos bo'lgan surat ato etdi, jism berdi, meni mehribon ota-onam qo'liga topshirdi. Qarang Alloh meni yaratdi. Millionlab nutfalar orasidan aynan meni (men ham bir nutfa edim) tanladi. Shuning o'zi buyuk baxt emasmi? Alloh sizni yaratdiya... Axir, sizni yaratmasa ham bo'lardi, siz yo'q edingiz va yana yo'q bo'lib ketaverardiz, nima ham bilardiz, axir siz yo'qsiz-ku!
Alloh bizni o'ziga ibodat qlish uchun yaratdi. Bizda bundan boshqa ish qilishga vakolat yo'q. Har ne qilsak, u shu bosh maqsadimiz yo'lidagi vosita bo'lishi kerak. Bugun Hindistonda o'qiyotgan bo'lsangiz, o'qishdan maqsad, ilm olish va uni Alloh yo'lida ishlatish bo'lsin. Shu bilan biz Allolhga ibodat qilamiz, shu niyat bilan yashasak, har bir lahzamiz ibodatga aylanadi, "Indian Government and Politics" kitobini o'qisak ham ibodat bo'ladi.
Unsonning aniq ikki dushmani bor: nafs va shayton. Shularni yengish kerak, bu esa oson emas. Men buni beamal professor olimlardan ming marta yashi bilaman, chunki men shu kurash ichidaman, goh mag'lubman, goh g'olib. Goh yig'layman, goh kulaman. Ehtimol, hozir qo'lim baland kela olmayotgandir.
Lekin Bir Zot bor, u yaxshilarga ularga qarshi kurashda albatta yordam beradi, faqat U mening irodamni sinamoqda, deb o'ylayman. Qani bu bandam, qanchagacha chidarkan.
Ey, Alloh, men osiyman, ko'p uyatliman. Lekin yaxshi odam bo'lishni xohlayman, Payg'ambar sallallohu alayhi vasallamning asl ummati bo'lishni xohlayman. Seni ko'rishni xohlayman. Lekin men uyatsiz Senga qarashdan uyalaman.
Meni afv et. Meni shunday darajaga qo'yginki, johillikda o'tgan xunuk ishlarim xotiramdan ko'tarilsin, nomai a'molimda faqat yaxshilik bo'lsin. Huzuringga faqat yorug' yuz bilan boray.
Amin.