Ko'proq odamlarni kuzatishni yoqtiraman,aralashib yurgandan ko'ra,eshitaman,ko'raman... Shuni kuzatdimki,shuni bildimki, inson kimni gapirsa,kimni g'iybat qilsa,yomon ko'rsa ,shu narsa bir kun o'ziga qaytadi.... Alloh bir nimani sabab etib,shuni o'zini hayotida mavjud etib qo'yarkan. Darhaqiqat, Alloh eng adolatli zot...
Bir kelin erini akasini yomon ko'rardi...garchi,ichida saqlasa ham hammasini... Qiz tug'di... Uchinchi farzandi... Shu qiz xuddi quyib qo'yganday o'sha yomon ko'rgan qaynakasiga o'xshadi...ko'rganlar " Vay,xuddi Fazliddinga o'xshiydiyaaa"... Kelin xijolat bo'lar edi bu gaplardan...
Yana bir kelin mahallada bir maymoq bolani yoqtirmasdi... "shuni yurishi hech yoqmaydida,to'g'ri yursa bo'lmasmikan"
Yillar o'tib o'g'illik bo'ldi,o'g'li xuddi shunday yuradigan bo'ldi. Ming marotaba urushib,tanbeh berib ham o'zgartirolmadi... O'g'il: " O'zim shunaqa tug'ilgan bo'lsam,shunaqa yursam nima qilay" dedi...
Bir ayol o'zi katta hovlida yashashar edi. 3 xonalik tor uyda yashaydigan oilani gapirgan edi... " Tor uyda shuncha odam yashaydi. Meni yuragim siqilib ketadi..."
Yillar o'tib bittayu bitta qizi xuddi shunday 3 xonalik uyga kelin bo'ldi... Xonalari ham xuddi shunday...ajabo...
Misollar ko'p... Inson o'zi bilmay qolarkan goho hayotida uchrayotgan,kelayotgan nasibalariga,risqiga qaysidur ma'noda o'zi ham sababchi bo'layotganini... Ko'ngil pokligiga hech nima yetmas ekan...
Bular ham ko'zimizga ko'rinmas, e'tiborimizda ko'p hollarda chetda qolayotgan oddiy haqiqatlar...