Assalamu alaykum.
Aziz, birodarlar Ramazonni sanoqli kunlari qoldi. Shuni g'animat bilab, har xil lag'v narsalarga qimmatli vaqtimizni sarflamasdan, ibodatga shoshilaylik. Kelasi yil Ramazongacha bormizmi yoki bu yilgi Ramazon biz uchun oxirgisimi? Shuni tafakkur qilib, Ibodatga vaqt sarflaylik.
Kim kimdan hafa bo'lgan bo'lsa ALloh uchun kechirsin.Lekin Oldingi tortishuvlardagai firklarni hamma to'g'rilikcha qabul qilsa bo'ladiku. Nima uchun hali ham shu narsalarni cho'zib, tortishuv qilyapsizlar...
Avvallari forumda biror narsa haqida bahs bo'lsa hammamiz o'z fikrimizni bildirardik ochiq oydin. Hech kim bir-biridan hafa bo'lmasdi, bunday tortishuvlar ham kelib chiqmasdi. CHunki hammani fikri o'zi uchun to'g'ri, u ham hayotda nimagadir ko'rgan yoki eshitgan qaysidir hodisaga tayanib fikr bildiradiku, deb o'ylaagan bo'lsak kerakda.
Lekin hozirda hamma o'z fikrini bildirsa kimnidir fikrlarini ma'qullamasa uni fikrlarini umuman yomon, noto'g'ri va eng achinarlisi, ba'zi fikrlarni fitnaga sabab bo'lgan deb qabul qiladigan ishtirokchilarmiz borligi, meni hayron qoldirdi...
bu forum, bu yerda faqta bir xil fikrlaydigan, bitta qolip asosida fikrlaydigan va yashaydigan ishtirokchilar emas. Hamma o'zini fikrini bildirishga haqli. U fikr kimlar uchun noto'g'ridir, lekin u fikr o'zi uchun va yana ba'zilar uchun to'g'ri bo'lishi mumkin-ku. FAqat biz fikr bildirishlikni chegarasidan chiqib ketmasdan, go'zal tarzda tushuntirishimiz lozim. Bizni eng katta aybimiz, fikrlarimizni qo'pol va yurakka botadigan so'zlar bilan bildiramiz.
Shunga ahamiyat berib, boshqa ishtirokchini firkini hurmat qilgan holda fikr bildirilsa, InshaAlloh, bahslar janjalga aylanib ketmaydi.
Alloh barchamizni Haq yo'lga boshlasin. Bu ulug' oydan barchalarimizni gunohlardan ma'sum holatda chiqmoqligimizni nasib qilsin!!!
Barchalaringiz Ramazoni sharifni tugayotgani sababli hamdardlik bildiraman va yaqinlashib kelayotgan IYD RAMAZON bilan qutlayman.
Birodarni birodari haqqiga qilgan duosi ijobat bo'ladi, bir-birimizni haqqimizga shu ulug' kunlarda hayrli duolar qilishlikni unutmaylik... Amiyn...