B) Bismilloning 19 siri
Bismillo 19 harfligini aytdik, bismillodagi to‘rt kalima Qur’onda 19ning karralarida ko‘rinadi: ISM 19 marta o‘tadi, OLLOH 19x142=2698, RAHMON 19x3=57, RAHIM 19x6=114 marta o‘tadi. (Qur’onning 9-sura 128-oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga nisbatan ishlatilgan Rahim sifati, albatta, bu sanoqqa kirmaydi).
Qur’onda Bismillo 6x19=114 marta o‘tadi, faqat 9-suraning Bismillosi yo‘q. Yo‘qolgan bu Bismillo 19 sura o‘tgandan keyin "Naml"da (27-sura 29-oyat) o‘tadi. Bu yetishmagan Bismillo ham bizga Ollohning Qur’on matematikasi ichida 19 raqamiga bergan e’tiborini bayon qilish uchundir.
Ajabo, Bismilloning bu 19lar hikmati siri nima ekan? Bu savolning javobi, ya’ni yashirilgan ma’no hikmatlari "Yusuf" surasida bildirilgan.
"Yusuf" deb nomlangan 12-surada 19 shaxs bor. Va bular insondagi 19 xususiyatni tamsil etadi. Bular:
1 - Yoqub hazratlari: RUH.
2 - Yusuf hazratlari: QALB (KO’NGIL).
3 - Zulayho: NAFS.
4 - Binyamin: IMON.
5 - Qiftir: DUNYOGA HIRS (DUNYOGA BOG’LIQLIK).
6 - Sulton: OQILLIK.
7 - Sharobchi (soqiy): ILM.
8 - Sharobchining yonidagi tutqun: MANTIQ.
9 - Yusufni quduqdan chiqargan karvonchi: MANFAAT.
10 - Yusufning o‘n akasi: XASISLIK, GINA, ShUBHA (GUMON), G’URUR, ZULM, ShAHVAT, EHTIROS, JAHOLAT, ZAIFLIK, SUYuQLIK.
Shunday qilib, Bismillo insondagi bu xususiyatlarga har bir harfi bilan hukm (ta’sir) o‘tkazuvchi ilohiy bir kafolatdir. Chunonchi, Be harfi badanga, Sin harfi nafsga, Mim - qalbga, keyingi Alif - ruhga biror kafolat sug‘urtasi (straxovanie)dir. Bu yerda biz tilga olmagan ayrim tafsilotlarni "Ommajuz’i yorumi (tafsiri)" degan kitobimizdan topishingiz mumkin.