18-bob. Burdalar, habaralar va shamla haqida
Хabbob: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga shikoyat qilganimizda ul zot burdalari (yo’l-yo’l choponlari) ustida yonboshlab yotgan erdilar»,— deydilar.
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga ketayotgan erdim, ul zot jiyagi qattiq najroniy (Najron — Yamandagi shahar) chopon kiyib olgan erdilar. Bir badaviy orqalaridan yetib kelib, choponlaridan shunchalik qattiq tortdiki, men hatto choponlarining jiyagi botib, bo’yinlariga iz tushib qolganini ko’rdim. Badaviy: «Yo Muhammad, o’zingdagi (ya’ni, Baytulmol deb atalmish o’sha davrdagi davlat xazinasidagi) Ollohning molidan menga bermoqlarini buyur!» — dedi. Janob Rasululloh qayrilib qaradilarda, tabassum qildilar va unga biror narsa berib yuborishni amr qildilar».
Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol burda olib keldi. Sahl: «Burdaning nimaligini bilasanmi?» —deb (o’sha yerdagi bir kishidan) so’radi. U: «Ha, bilaman, burda — chetiga popuk to’qilgan shamladir»,— dedi. Ayol: «Yo Rasulalloh, Olloh taolo haqi, buni sizga kiydiraman deb o’z qo’lim bilan to’qiganman»,— dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o’zlariga kerak bo’lgani uchun ham uni oldilar, so’ng (ichkariga kirib), izor o’rnida kiyib bizning oldimizga chiqdilar. Shunda, qavmdosh kishilardan biri burdani qo’l bilan siyvalab turib: «Yo Rasulalloh, shuni menga kiydiring!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bo’pti!» — dedilar. O’sha kishi Olloh taolo istagancha majlisda o’ltirib, so’ng qaytib ketdi. Janob Rasululloh burdani o’rab, ketidan unga berib yubordilar. Keyinchalik qavmdoshlari unga: «Yaxshi ish qilmading, ul zotning bkror narsa so’ragan kishiga «yo’q» demaslarini yaxshi bilar eding-ku!» — deyishdi. U: «Olloh taolo haqi, men burdani o’lganimda o’zimga qafanlik bo’lsin, degan niyatdagina so’ragan edim!» — dedi. Sahl: «Darhaqiqat, o’sha burda unga kafan bo’ldi»,— degan edi».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Mening ummatlarimdan bir guruhi jannatga (so’roqsiz) kiradi, ularning soni yetmish ming bo’lib, yuzlari oy singari balqib turadi»,— deganlarini eshitdim. Shunda, Ukkptya ibn Mihgyach al-Agadiy lgnidagi shamlasini tuzata turib «Yo Rasulalloh, meni o’shalar toifasidan bo’lsin, deb duo qiling!» — dedi. Janob Rasululloh «Ollohummaj’alhu minhum» (Parvardigoro, uni o’shalar toifasidan qilg’aysen!) — deb duo qildilar. So’ng, ansorlardan biri o’rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Olloh taolodyan MRNI ham o’shalar toifasidan qilmog’ini so’rab duo qiling!»—deb edi, Janob Rasululloh: «Ukkosha sendan oldin aytdi»,— dedilar».
Qatoda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Anasdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi kiyimni yoqtiradilar?» — deb so’radim. U: «Habarani»,— deb aytdi».
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning eng sevgan kiyimlari — habara edi»,— deydilar.
Oisha onamiz raziyallohu anho: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etganlarida ustlariga habara yonishgan erdi»,— deydilar (habara yoki hibara — yamaniy burda turi)».