Toshkentga borganimda u yerga juda havasim keldi. Chunki u yerda juda juda ko'pchilik odam namozxon ekan. Safarim Juma kuniga to'g'ri kelgani uchun juma namozini Toshkent shahridagi machitlardan birida o'qidim. Machitda odamlar juda ko'p edi. Ayniqsa, yoshlar. Xullas, bizning shahar - Samarqandda ham shunday bo'lishini orzu qilardim.