2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilishi kerak bo‘lgan savol javoblar
Robbingiz kim ? – Olloh
Sizni kim yaratgan? – Olloh
Payg‘ambaringiz kim – Muhammad sallollohu alayhi vasallam
Musulmonmisiz (guvohingiz bormi) ? – Alhamdulilloh, ashhadu alla ilaha illallohu vaashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.
Diningiz nima? – Islom dini
Musulmonlar kalimasi nechta? – 6 ta
Ovqatni qaysi qo‘lingiz bilan yeysiz? – O’ng qo‘l bilan
Ovqatdan oldin aytiladigan duo – Allohumma bariklana fima razaqtana va qina azabannar
Ovqatdan keyin aytiladigan duo – Alhamdulillahillazi at-amana vasaqana vajaalna minal muslimiyn
Musulmonlarning salomi qanday ? – Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh
Kimni yaxshi ko‘rasiz? – Allohni
Eng kuchli, qudratli zot? – Alloh
Islomiy she’r aytib bering:
Sizni bizni yaratgan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yagona Alloh
La ilaha illalloh
Qo‘lda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh
Kim o‘qisa qur’onni
Gapirmasa yolg‘onni
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh!
Qur’on (sura) o‘qib bering – Ixlos surasi
Aksa urganda nima deymiz ? – Alhamdulillah
Esnaganda nima deymiz ? – Astag‘firulillah
Shayton yomonmi yoki yaxshimi ? – Yomon, Olloh la’natlagan
Bu odamni yaratgan yolg‘iz Ollohdir
Yeru-osmon, tog‘u-tosh unga guvohdir
Xohi dehqon, hohi olim, hohi podshohdir
Tanimasa ollohni nodon, gumrohdir
Xoliq yaratuvchimdan kimki ogohdir
Robbim unga do‘stdir, hamrohdir
Kim farzandini tarbiyalab, unga kichikligidan “La ilaha illalloh” ni o‘rgatsa, Olloh ta’olo u insonlarni hisob va savol-javob qilishga tortmaydi.