ASR SURASIBu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, uch oyatdan iboratdir.
Qur’oni Karimdagi eng qisqa suralardan biri bo‘lgan bu surada Alloh taolo Asr namozining vaqtiga qasam bilan, insoniyat haqiqiy baxt saodatga erishish uchun to‘rt narsaga — iymonga, ezgu amalga, Haq yo‘lga va shu yo‘lda chekiladigan mashaqqatlarga sabr-toqat qilishga muhtoj ekanligini ta’kidlaydi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1-2. Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir.
3. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar).
HUMAZA SURASITo‘qqiz oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil bo‘lgandir.
Unda to‘plagan mol-dunyolari bilan quvonishib, o‘sha mollari o‘zlarini har qanday balo-ofatdan saqlaydi, deb o‘ylaydigan va hadlaridan oshib birovlarning obro‘larini to‘kib yuradigan g‘iybatchi-bo‘htonchi kimsalar albatta do‘zax azobiga duchor qilinishlari haqida so‘z yuritiladi,
Suraning nomi bo‘lmish «Humaza» so‘zi «Bo‘htonchi» degan ma’noni anglatadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay.
2-3. Ki, u (topgan) mol-dunyosi o‘zini mangu (o‘lmaydigan) qilib qo‘ygan, deb o‘ylagan holida (faqat) mol to‘plagan va o‘sha (mol-dunyo)ni hisob-kitob qilib (biron savobli ishga sarflamasdan) yurgan kimsadir.
4. Yo‘q, (uning bu hisob-kitobi bekordir)! Qasamki, albatta u chilparchin qilguvchi (do‘zax)ga tashlanur!
5. (Ey inson), chilparchin qilguvchi nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!
6-7. (U) Allohning yoqib qo‘yilgan bir olovidirki, (o‘z alangasi bilan badanlarni teshib o‘tib) yuraklarga qadar yetur!
8-9. Albatta (u kofirlar) uzundan-uzun ustunlarga (zanjirlar bilan) bog‘lab qo‘yilgan hollarida olov ularning ustida qoplanib qolguvchidir (ya’ni, na ular jahannam qa’ridan qutulib chiqa olurlar va na ular nafas olishlari uchun bir yutum toza havo qilur)!FIL SURASIBu sura besh oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir.
U Ka’batullohni vayron qilish g‘arazida kelganlari sababli Alloh taoloning g‘azabiga uchrab halok bo‘lgan «Ashobi fil — Fil mingan lashkarlar» haqida so‘zlaydi. Bu voqea Tangri taoloning eng so‘nggi va eng suyukli payg‘ambari Muhammad alayhis-salom tavallud topgan milodiy 570 yilda ro‘y bergan bo‘lib, sanoqsiz lashkar bilan, qudratli fillarga minib, Allohning uyini buzish uchun Yaman hokimi Abraxa boshchiligida bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo‘lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va Ka’batullohni yaqinda tug‘ilajak payg‘ambar Muhammad alayhis-salom uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qoladi. Keyin, hazrat dunyoga kelib, voyaga yetgach va u kishiga Qur’on oyatlari nozil bo‘la boshlagach, o‘sha ilohiy mo‘‘jiza to Qiyomatgacha Ka’batulloh tomon yuzlanib ibodat qilguvchi mo‘minlarga ibrat, Allohning diniga qarshi turguvchi kofirlarga esa bir achchiq saboq bo‘lishi uchun u haqda mana shu surai karima nozil qilindi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).1. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko‘rmadingizmi?
2. U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo‘llagan barcha) hiyla-nayranglarini barobod qilmadimi?
3-4. U zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p qushlarni yuborib,
5. Ularni (qurt-qumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilma-teshik) qilib yubordi!I z o h.
Rivoyat qilinishicha, qushlar tomonidan otilgan har bir tosh bir kofirning boshidan teshib kirib, ostidan chiqib ketgan ekan.