JON KUYDIRMASANG — JONONA QAYDA
Mol achchig’i — jon achchig’i.Pul jigardan bo’lgan deydi xalq.Pulga neki boylik,bisot sotib olinib,jamg’arilsa,u jonga yaqin bo’lib qoladi.Shu boylik,molni yo’qotish,qo’ldan chiqarish,boy berish — jon chiqishiga yaqin keladi.Shuning uchun ham o’zbek mol achchig’i jon achchig’i deydi.Molu bisot oraga kirgan ota-ona,farzand,aka-uka,og’a-ini,do’stu ulfat o’rtalariga tiklab bo’lmas nifoq,qutqu tushadi.Pulim keygan deb bir kambag’al achchiq qalampirni chaynagan ekan,degan gap bor.Mol achchig’i yomon bo’ladi.U har qanday yaqinlikka qaramay,odamlar o’rtasida hayot-mamot kurashi,jangni keltirib chiqarishi mumkin.
Joniga tegmoq.Jon ruh kabi modiy bir a’zo emas.Biroq xalq,dard qayda bo’lsa,jon shu joyda bo’ladi deydi.Shu ma’noda dardli,og’riqli yerga tegish — jonga tegish,jonni og’ritishdir.Ko’chma ma’nosida esa,jonga tegish,me’daga urish,g’ashga tegish,takrorlanaverib,aytilaverib siyqasi chiqmoq mazmunini beradi.Joniga tegmoq,bezor bo’lmoq,bezori jon bo’lmoq,bu mashg’ulotni hazm qilolmay qolish,turmushni yangi izga solishga olib keladi.
Joni kirdi.Aslida jon chiqib ketsa,qaytib tanaga kirmaydi.O’lgan qaytib tirilmaydi.Joni kirdi deganda o’zbek biror ish,voqea-hodisa,ko’mak bir kishiga juda qo’l keldi,unga o’ta ma’qul bo’ldi,ayni o’rniga tushdi,ko’ngildagiday bo’ldi kabi ma’nolarni ko’zda tutadi.Joni kirmoq — manfaat topmoq,kuutganidan ham a’lo darajada lazzatlanmoq mazmunidadir.Shifokorlar yuragi urishdan to’xtayotgan bemorni qayta dunyoga keltirishganda bu ibora ishlatilishi ham mumkin. "œIchiga issiq kirgan" keksaga,sovuqdan muzlab qotib qolgan kishiga olov xuddi shunday "œjon kirgizishi" mumkin.
Jonim-otim.Jonfidolik,sidqidillik,ixlos,zo’r ishonch,e’tiqod ramzi.Keksalar yoshlaga nasihat qilib,yo’l ko’rsatganda, "œbir ish qilsang,sidqidildan,jonim-otimlab qil,qo’l uchida , xo’ja ko’rsinga,elko’rarga qilmagin", deydi.Jonim-otimlik — yaxshi tarbiya ko’rganlik,muayyan ish,shaxsga nisbatan ixlos va sadoqat timsolidir.
Jonidan o’tmoq.Pichoq borib suyakka yetmoq,joni og’rimoq iboralari uning muqobili. "œJonidan o’tdi" deganda, sabr kosasi to’ldi, chidam bardoshi tugadi,endi bu yog’iga chidashning iloji yo’q, ma’nosi anglashiladi.Jonidan o’tish,jonidan kechishning ikkinchi ko’chma ma’nosida hukmdor aybdorni avf etdi, joniga qasd qilish,hayotdan mahrum qilishdan voz kechdi mazmuni ham bor.Bu o’rinda "œbir qoshiq qonidan kechdi" iborasi muqobil bo’la oladi.
Jonim-jonimlab joningni oladi.O’zbek unday odamlarni muloyim xunuk deydi.Undaylar yomon,qo’pol gapirishmaydi.Silliq,madaniy muomalada bo’lishadi.Biroq samimiyatdan yiroq,soxta gaplari,zahil yuzlari,ilmoqli so’zalri bilan rostdanam joningizni olishadi.Minnatsiz,tamasiz biror ish qilishmaydi.Xalq bunday odamlardan qochadi,chetlab o’tadi.
Joniga pul olmoq.Jonini tikmoq,jonini garovga qo’ymoq iboralarining ayni muqobili.Qimor uchun jonini garovga qo’yish.Ko’chma ma’noda joniga pul olgan — jonini biror va’da,buyum,boylik evaziga sotmoq,tikmoq.Keksalar uddasidan chiqish qiyin bo’lgan ishga bel bog’lagan yoshlarga "œqo’y bu ishingni,nima joningga pul oldingmi,bo’ladigan ishning boshini tut" deb tanbeh berishadi.
Jon kuydirmasang — jonona qayda.Toqqa chiqmasang — do’lana qayda,xotin olmasang — qaynona qayda iboralari bilan ma’nosi to’ldiriladi.Mehnatni,ko’zda tutilgan ishni sidqidildan bajarishga da’vat.Haqiqatan ham,qo’l uchida ish qilish bilan maqsadga yetish amrimahol.Jon kuydirmasang,jondan kechmasang jonona visoliga yetish mushkul.Ibora tabiatida mutoyiba,hazil,ishqibozlik kayfiyat-ohanglari mujassam.