Choychaqa
O'smir qilgan ishi qariyani xursand etishini avvaldanoq bilardi.U yo'l chetida yig'lab turgan to'rt-besh yoshlaridagi bolaning adashib qolganini sezib,uyini surishtirdi va taksiga minib,taxmin etilgan manzilga olib keldi.Biroq ishlar u o'ylaganidek bo'lmadi.U ko'rishni xohlagan dang'illama hovli o'rnida,xarobgina bir uy turibdi.Ustiga ustak,eshikni bolakayning otasi yoki onasi emas,bobosi ochdi.Ko'zida yosh bilan nevarasini bir oz bag'riga bosib turgach,yonidan bir necha tanga chiqarib,o'smirning cho'ntagiga solib qo'ydi va:
-Alloh sendan rozi bo'lsin bolam.Meni ko'p sevintirding.Shu arzimas hadyamni olsang,yanada mamnun bo'lardim,-dedi.
O'smir o'zaro suhbatdan bolakayning ota-onasi avtohalokatdan vafot etganlar,bola bobosi qo'lida qolganini bildi.Qariyaning yig'iga ovora bo'lganidan foydalanib,cho'ntagiga solingan tangalarni qo'li bilan chamaladi.Cho'ntakning bir burchagida uch-to'rtta mayda pul...
Hovlining ahvoli ham qariyaning holatini aytib turibdi.Lekin hech bo'lmaganida taksi pulini berishi kerak ediku?O'smirning ichida bir narsa g'imirlay boshladi."Nahot inson shunchalik baxil bo'lsa.Qariyaga shunday dars berish kerekki,to bir umr...." Shunday xayollar bilan o'smir qo'lini cho'ntagiga tiqdi-da,tangalarni chiqarib,bolakayning oyoqlari ostiga otdi:
-Bunga qand-pand olarsan.Saxiylikni o'rgan,mard bo'l,jiyan!
Bola sochilib ketgan tangalarni terib olayotganida,o'smirning ko'zi qinidan chiqayozdi.Bolakayning jajji qo'llarida tilla tangalar yaltirar edi.
Akmal Avaz
Hidoyat jurnalidan