7 kundir davom etmoqda bu azob, Musulmon bo'lganliklari uchungina boshlariga bombalar yoqmoqda...
O'lganlar soni 146, 35ga yaqini bola, 1.100 yarador...
Bularni oqir ekanman, qo'lim oyogim o'zidan o'zi boshalyabdi, hamma narsa bo'shday go'yo...
Onaman, uy bekasiman, ovqat qilish kerak, bolamga qarashim kerak, yaqinlarimga kulimsirashim kerak, hayot davom etmoqda, lekin miyamning hech kimga ko'rinmagan qismida "ular"...qonga belanganlar, bir oyog'i, bir qo'li yo'qlar, xuddi qassobdagi go'shtday parchalangan tanalar...
Kechalari uyqum qochmoqda, o'zimni boshqa narsalarni o'ylashga majburlamoqdaman, bo'lmasa butun kecha yig'lab, har xil xayollar bilan uyqusiz qolib, boshim ogrishi, ertasi kun esa ayollik, onalik, kelinlik vazifalarimni bajara olmasligim aniq, ilgariyam boshimga kelgandi chunki.....
Bumi mening bahonam? Ularni o'ylamaslik, ular bilan birga dard tortmasligim uchun bular bahona bo'la oladimi? Bilmadim, bilmadim....
Bugun yana qaradim u sahifalarga, qo'llarim titrab, yuragim zirqirab....
Hayhot, men qarashga zo'rg'a kuch topgan manzaralarni yoshlar, bolalar birma bir yashashmoqda. Odam bolasining joni har xilmi? Ya'ni men chiday olmayman, lekin ularning ko'zlari o'rganib ketdimi yoki?
O'zim bilan solishtiraman albatta, men nima qilardim, men bo'lsam nima derdim, deb....Pichoqni avval o'zingga ur, og'rimasa birovga....
Xabarlarni korib turib, o'ylanib qolyabman, Musulmonlar bir-biriga shuncha dard-alam chektirganda kofirni qilgani nima bolibdi? Oz farzandini oldirgan otani aytaymi, oz yaqinini puli uchun baloga giriftor qilgan Musulmonnimi?
Yuragim judaam qattiq arazda...
Qaytarib aytaman, yuragi yomonlar kormasin:
http://www.timeturk.com/tr/2012/11/20/yuregimiz-gozumuz-gazze-de-dakika-dakika.html