Bismillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Opa, sizga bir gap aytaymi?
— Ayt, Ismoil.
— Kechqurun otam meni mozorga olib bordi. Menga onamning qabrini ko‘rsatdi. «Qara,o‘g‘lim, bu yerda onang yotibdi. O’qi!» — dedi.
— O’qidingmi?!
— «Fotiha» o‘qidim, opa, «Alham»ni. Ammo, rosa yig‘ladim.
U Fotimaga bu gaplarni ayta turib ko‘zlariga kelgan yosh tomchilarini to‘xtatolmadi.
Ketmoqchi bo‘lib, o‘rnidan turdi. Fotima darhol qo‘llaridan tutdi.
— Qayoqqa borasan, Ismoil? Mening bilan shunchagina o‘tirasanmi? Odam opasining yonidan ham shuncha tez ketadimi?
Ismoil Fotima opasining ko‘nglini ko‘tarish uchun yana qaytib o‘tirdi. Sal fursat o‘tgach:
— Endi ketay, opa, — deb qo‘zg‘aldi.
— Mayli, bor. Ammo yana kel, kutaman.
Ismoil chiqdi. So‘ng qayoqqa ketganini hech kim bilmaydi. U ancha vaqt mahallada
ko‘rinmadi.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, olti-yetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shosha-pisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuproqdagidek taftni hech yerdan, hatto otasidan ham topaolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo bo‘lganidan bu yerga keldi. Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida to‘yib-to‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini yengillatmoq uchun kelgandi Ismoil...
Bayram o‘n besh kecha-kunduz bo‘ldi. O’gay onaning Ismoil to‘g‘risida bergan ma’lumoti otani o‘ylantirib qo‘ydi. Uning aytishicha, Ismoil tez-tez qayoqlargadir ketar, yarim soat, bir soatgacha hech kim uni ko‘rmasmish. O’zidan so‘ralsa:
— O’ynadim, — deb ko‘ya qolar, boshqa javob olinmasdi.
Yangi xotinning ra’yiga qarab bugungacha o‘z o‘g‘liga o‘gay ota qatorida bo‘lmoqdan boshqa narsa ko‘lidan kelmagan otani o‘y bosdi. Bola qayoqqa ketishi mumkin? Boshqa mahallalarga o‘ynagani borib, u yerda bolalardan tayoq yeb qaytgani esiga tushdi. Ezildi. Ismoil o‘zi uchun muglaqo xuzursiz bu uydan uzoqlashishi tabiiy emasmi?! Ikkinchi marotaba uylanganidan keyin ota sifatida o‘g‘li uchun hech narsa qilmadi. Ota buni ilk bora bugun xis etdi va o‘z qilmishlarining kechirilmas gunoh ekanligini anglaganday bo‘ldi. Uni ichidan qaynab chiqayotgan bir nido ezardi: vijdonli bir o‘gay ota Ismoilga sendan ko‘ra yaxshiroq muomala qilar, mehrliroq bo‘lardi. Turdi. Tashqariga chiqdi. Ko‘zyoshlarini sidirmoqdan boshqa bir chora topaolmayotgandi.
Ikkn kun o‘tdi. Havo ancha ilib qoldi. Do‘konlarning eshiklari ochildi. Ko‘kraklarni
to‘ldirib-to‘ldirib bahor xavosini oladigan zavqli damlar boshlandi. Bir do‘stinikida
mehmondorchilikda o‘tirib, choyning oxirgi yutumini ho‘plarkan ko‘zlari birdan katta-katta ochilib ketdi. U ko‘chada yugurib ketayotgan Ismoilni ko‘rib qoldi. Mezbon bilan xayr xo‘shlashishga ham sabri chidamasdan Ismoilning ortidan tushdi. Ismoil orqasiga qaray demasdi. Besh daqiqalardan so‘ng qabriston eshigidan avval olti yoshlardagi bola, undan keyin bir kishi kirdilar. Uning qaydaligi endi ma’lum edi. Avval mozorchiga uchradi. Mozorchi bu bola bir ikki haftadirki, qabristonga serqatnov bo‘lib qolganini, shoshapisha, hatto yugurib kelishi va birozdan so‘ng qaytishini aytdi. Mozor boshlarida hech kim ko‘zga tashlanmasdi. Ota ajablangan ko‘yi Ismoilni axtara boshladi. O’g‘li hadeb ko‘zga tashlanavermagach, Fotiha o‘qib ketishuchun marhuma xotinining qabri tomon yo‘naldi. O’n odimcha masofa qolgan ediyamki, mozorning narigi tarafidagi g‘alati butaga ko‘zi tushdi. Butaga yaqinlashib, shoxni ko‘tarish uchun egilishi bilan hayratdan dong qotdi. Ko‘zlari kosasidan chiqkuday bo‘lib, bir hamlada buta shoxini chetga tortdi. Buta tagida Ismoilning zaif vujudi ko‘rindi. Chuqurligi bir qarichcha keladigan, yotganda Ismoilning bo‘yiga mos bir joy qazilgan. Ismoil shu chuqurda og'zi mozorga tegar darajada yotibdi, yuziga bo‘z parchasi yopilgan. Ustidan buta olinishini sezar-sezmas Ismoil yotgan joyidan irg‘ib turdi. Qarshisida otasini so‘rdi. Sakrab turarkan birinchi qilgan ishi yuzidagi bo‘z tarchasini cho‘ntagiga solmoq bo‘ldi. Har ikkisi kutilmagan bu uchrashuv hayajoni ichra qo‘rquv va hayrat aralash bir-biriga tikilib qoldilar.
Ismoil oyoq tovushlarini eshitgan, biroq ziyoratchi uni sezmasdan o‘tib ketishiga ishonib, jim yotgan edi. Ko‘rdiki qarshisida otasi turibdi. Shu onda tuproqqa aylangan onasi va yetimlik jamiki ozorlarini chekishiga sabab bo‘lgan otasi orasida edi u. Qochish kerakmikan? Nima qilsa ekan? Ismoil hozir bu savollarga javob bera oladigan holatda emasdi.
— Bu yerda nima qilyapsan, o‘g‘lim?
— Onamning kuchog‘ida yotibman.
— Shunday ham bo‘ladimi, bolam? Onango‘lganiga necha shil bo‘ldi?! Axir u tuproqqa aylanib ketganku
— Mayli. Men unnng tuprog‘ini ham yaxshi ko‘raman. Endi bu yer mening uyim, — dedi u qo‘li bilan qazilgan koyga ishora qilib.
Ota boshqa chidayolmadi, Onasining tuprog‘idan boshqa o‘kinadigan yeri va kimsasi qolmaganini anglagan bolasini bag‘riga bosib xo‘ng-ho‘ng yig‘lay boshladi.
Bir muddat shunday yig‘lagach:
— Yur, o‘g‘lim, ketamiz, — deb ko‘lidan tutdi va u yerdan chiqdilar. O’n-o‘n besh qadam tashlagach bir nima esiga tushib so‘radi:
— Yuzingta yopib olganing nimaydi, o‘g‘lim?
— Ismoil kissasidan bo‘z parchasini chiqardi:
Onamning ko‘ylagidan uzib oldim. Bunda uning hidi bor.
Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqadar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uniig ota mehridan maxrum bo‘lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog‘iga bosh urushdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o‘g‘li chiqishmoqda.
Tunda, Ismoil uyquga ketgach, bu hodisalarni bir-bir anglatgan ota xotiniga murojaat qildi:
— Bir narsaga aqlim yetmayapti. Ismoil onasi o‘lganda uni taniydigan holda emasdi. Uning ko‘ylagi qayoqdan bildi?
Sanixaxonim javob berdi:
— Kecha uyni yig‘ishtirayotganda eski kiyimlarni taxlayotib unga onasining ko‘ylagini ko‘rsatgandim. U olib uni ko‘liga oldi, ko‘zlari yoshlandi. Men ortiqcha ahamiyat bermasdan ko‘ylakni uning ko‘lidan olib ko‘ydim.
U taxmonni titkilab o‘sha ko‘ylakni topdi. Bu ko‘ylakning naq ko‘ksidan bir parcha qirqib olingan edi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Ollohim har bir mo'min va mo'minaga ikki dunyo saodatini bersin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!