Vatanimizning barcha o'g'lonlarini, shu jumladan forumimizning zabardast yigitlarini bugungi bayram bilan tabriklayman. Qizlarimizga qarasak, biron sado chiqmasakan. Shuning uchun o'zimizni o'zimiz tabriklab qo'ya qolaylik.
Ey, Ollohim, o'zing yurtimizni balo-qazolardan, yovuzlar nigohidan panoh qilgin. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to'kin-sochin, xalqimiz sog'-omon bo'lsin!