Chet el saytlarining sofligiga kim ishonch bera oladi. Men avvallari bir necha chet el islomiy saytlariga kirib, ba'zi narsalarni o'qiganman. Keyin ba'zi joylardan o'qiganim va eshitganlarim, o'ylaganlarimga tayansam, hamma ham do'st emas ekan. Shunday ekan, islomiy tamg'asi ostida ochilgan saytlarning barchasi ham ishonchli bo'lmasa kerak. Kamina bularni farqlashga ojizlik qiladi. Agar oralaringda kimdir bu narsaga qodir bo'lsa, kafolat bera olsa bu saytlar haqida ma'lumot bersa yaxshi bo'lardi.
Yurtimizda Allohga shukr Shayh hazratlarining islom.uz saytlari bor. Qolaversa islom.ziyouz.com ham bu borada ancha yaxshi. bu ro'yxatga yan bir-ikkita saytlarni qo'shish mumkin. Menga shuning o'zi ham kifoya...